OZODIY

OZODIY Davlatmamed (1700—1760) — turkman shoiri va maʼrifatparvari. Mahtumqulining otasi. Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri. Avval eski maktabda, soʻngra Xiva madrasasida oʻqigan, arab, fors tillarini oʻrgangan, keyinchalik shu mad-rasada mudarrislik qilgan. U xalq ogʻzaki ijodini, Sharq adabiyotlari ulugʻ namoyandalari asarlarini chuqur oʻrgangan, ular taʼsirida kasida, ru-boiy, gʻazallar yozgan. 6000 misrali «Vaʼzi Ozod» nomli yirik ilmiy ri-sola-dostoni (1753— 54) Ozodiy ijodida muhim oʻrin tutadi. Asar masnaviy usulda yozilgan boʻlib, 4 bobdan iborat. 1-qismida mamlakatda tartib oʻrnatish, 2-qismida qalʼa va saroylar qurish, 3-qismida jamiyatda fan va maorifning oʻrni, 4-qismida kambagʻallar va darveshlar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Asarda turkman kabilalarini birlashtirish, soliqlarni kamaytirish, kanallar oʻtkazish, yoʻl va koʻpriklar qurish kabi masalalar aks etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x