Ozodbek Nazarbekov — Yig’larman

[Monolog]
Xudodan meni kibru-havodan halos etishini so`radim,
Ayon bo`ldiki kibru-havodan halos etilmaydi, undan voz kechiladi.
Xudodan sabru-toqat ato etishini so`radim,
Bildirildiki sabru-toqat sinovlar tufayli hosil bo`ladi, unga arzimoq kerak.
Xudodan menga baxt tuxfa etishini so`radim,
Angladimki u meni yorlaqaydi, baxtli bo`lishim esa o`zimga bog`liq.
Xudodan meni azob-u uqubatlardan asrashini so`radim,
Ko`nglimga soldiki, azob-u uqubatlar meni behuda tashvishlardan uzoqlashtirib, o`ziga yaqinlashtiradi.
Xudodan odamlarni xuddi u meni sevgani kabi sevishi uchun madad so`radim,
Va nihoyat undan nima tilashim lozimligini angladim…
Men kuch quvvat tiladim – toblanishim uchun sinovlar yuborildi.
Donolik tiladim – bosh qotirishim uchun chigalliklar yuborildi.
Sabot-u matonat tiladim – xavf-xatar yuborildi.
Muhabbat tiladim – muruvvatimga muhtoj bechoralar yuborildi.
Hayr-u sahovat tiladim – imkoniyat yuborildi.
Menga so`ragan narsalarim emas, keraklisi ato etildi.
Xudo duolarimni qabul etdi.

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)

Senga rozi dilim izhor etib, so’ylar majolim yo’q, (x2)
Parishon holu, sargardonu-dilafgor yig’larman.

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)

Yuzing shamsu-zihi, mohi-munavvar, ey paripaykar,
Labing la’lu, visoling shaxdu-shakarvor, yig’larman.

Xating bog’u-bahoru, lolayu, sarvi-suman erdi,
Ki, menchun bulbuli sho’riday gulzor, yig’larman.

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)

Ko’ray deb orzu birla, jamolingni men, ey zebo,
Turubdurman eshigingda ayo g’am xor, yig’larman. (x2)

Ko’zimdan mavj urib, seyloba ashkim to’la qon oqdi,
Agar yodimga tushsang, ey, pari ruxsor yig’larman. (x2)

Jamoling sog’inib, shomu-sahar men zor yig’larman,
Junun sahrosida devona, majnunvor yig’larman. (x2)
Yig’larman…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shaxboz Nazirjonov va Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x