Ozodbek Nazarbekov — Sevarmisan

Ko’ngling qulfin buzib kirsam,
Bo’ronlardek to’zib kirsam,
So’ng umidim uzib ko’rsam
Yig’larmisan?
Kutarmisan?

Kulging qo’shar jonimga jon,
Bir sevib yig’lashing armon,
Men uchun yurakdan jonon
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

So’ngi bora yo’qlab kelsam,
Poyinga bosh qo’yib o’lsam,
Mening telbam deya erkam
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

Siqilsam taftingdan kuyib,
Kipriging ostidan to’yib,
Yoshdan labingga suv quyib
Yig’larmisan?
Ko’narmisan?

Sochlaring bo’ynimda dorim,
Ko’nglimda yagona borim,
Yomg’irdek bir bor bahorim
Yig’larmisan?
Yig’larmisan?

So’ngi bora yo’qlab kelsam,
Poyinga bosh qo’yib o’lsam,
Mening telbam deya erkam
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

So’ngi bora yo’qlab kelsam,
Poyinga bosh qo’yib o’lsam,
Mening telbam deya erkam
Yig’larmisan?
Sevarmisan?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x