Ozodbek Nazarbekov — Meni sevib qolsayding

Sen bog’dagi yelday sho’x,
Birdam orom olsayding. (x2)
Derlar – orzuga ayb yuq,
Mani sevib qolsayding. (x2)

Yoy nishonga yetmasdan,
Fursat mag’lub etmasdan,
Umrim o’tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding.
Umrim o’tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding.

Dunyo sinovli, shartli,
Ham quvonchli, ham dardli, (x2)
Orzuim bo’lmay gardli
Mani sevib qolsayding. (x2)

Yoy nishonga yetmasdan,
Fursat mag’lub etmasdan,
Umrim o’tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding.
Umrim o’tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding.

Keldi mehring fursati,
Bo’lay vasling ulfati,
Sodiqligim hurmati
Mani sevib qolsayding. (x2)

Yoy nishonga yetmasdan,
Fursat mag’lub etmasdan,
Umrim o’tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding.
Umrim o’tib ketmasdan
Mani sevib qolsayding.

Qadru qimmatim bilib,
Biroz nazarga ilib,
Ko’nglimga shafqat qilib
Mani sevib qolsayding.
Ko’nglimga shafqat qilib
Mani sevib qolsayding.

Mani sevib qolsayding… (x3)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x