OZOD YEVROPA/OZODLIK

«OZOD YEVROPA»/«OZODLIK» — bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostansiya. «Ozod Yevropa» korporatsiyasi («Free Europe, Inc.») 1949-y. da kommunistik mafkura taʼsiri ostidagi Sharqiy Yevropa davlatlarida roʻy be-rayotgan voqealar haqidagi xabar va reportajlarni efir orqali berish maq-sadida tashkil etilgan. 1951-y. da aynan shu asoslarda Sovet Ittifoqi respublikalari uchun eshittirishlar olib borish maqsadida «Ozodlik radiosi komiteti» («Radio Liberty Comnitee, Inc.») korporatsiyasi tashkil etilgan.

Har ikkala radiostansiya, asosan, AQSH Kongressi tomonidan Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) orqali mablagʻ bilan taʼminlanib kelingan, ayni paytda byudjetning muayyan qismi ayrim shaxslarning xayriyalaridan iborat boʻlgan. Radiostansiyalar faoliyatini mablag bilan taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha barcha majburiyatlar 1971-y. da Xalqaro radioeshittirishlar ken-gashi ixtiyoriga oʻtgach, MRB ushbu sohadagi oʻz ishtirokini toʻxtatadi.

Xalqaro radioeshittirishlarga ixtisoslashgan mazkur korporatsiyalar 1975-y. RFE /RL, Inc. («Radio Free Europe» / Radio Liberty, Incorporated) — PCE/PC tarzidabirlashtirildi. «Ozod Yevropa/ozodlik»/«O.» padiostansiyasi 26 tilda eshittirishlar olib boradi.

Radioeshittirishlarning haftalik umumiy hajmi 800 soatni tashkil etadi. Mazkur radiostansiyalarning shtab-kvartiralari 1995-y. gacha Germaniyaning Myunxen sh. da boʻlgan, 1995-y. dan Chexiya Respublikasining Praga sh. ga koʻchirilgan. Asosiy shtabkvartirasidan tashqari, joylarda (jumladan, Toshkent sh. da) uning 24 byurosi faoliyat koʻrsatadi. RSE/RS, yaʼni «Ozod Yevropa/ozodlik» /«O.»radiostansiyasi avvallari kommunistik tuzumga qarshi eshittirishlar tayyorlagan boʻlsa, 1991-y. dan oʻz eshittirishlari yoʻnalishi va mazmunini quyidagilardan iborat deb hisoblaydi: demokratik va bozor munosabatlari sohasidagi islohotlarga aloqador ichki va mintaqaviy masalalar boʻyicha yangiliklar, taxliliy materiallar berib borish; demokratik qadriyatlarni tar-gʻib qilish orqali fuqarolik jamiya-ti asoslarini mustahkamlashga yordam berish; etnik va liniy kelishmovchiliklarni bartaraf etishga hissa qoʻshish va b. Ayni vaqtda «Ozod Yevropa/ozodlik»/«O.» xabarlarida «shovshuv» ketidan kuvib, voqea-hodisalarni buzib koʻrsatish, biryoklamalik, «tirnoq ostidan kir qidirish» holatlari ham uchrab turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x