O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN YOSHLARGA SUBSIDIYA BЕRILADI.
📃 Vazirlar Mahkamasining 250-son qaroriga ko‘ra, tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini sotib olish uchun BHMning 40 baravari (10 800 000 so‘m)gacha miqdorda subsidiya beriladi.
❗️Subsidiyani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
✅ Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza;
✅ Tadbirkorlik sub’ekti guvohnomasi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod);
✅ Asbob-uskuna, mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi to‘risidagi ma’lumot.
❗️Ma’lumot uchun subsidiya kredit xam qarz xam emas. Subsidiya ertaga uni qaytarib berishingiz talab etilmaydigan moddiy yordamning bir turi.