DO`STLARGA ULASHING:
O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi qancha bo‘ladi
O‘zbekistonda avtomobillar soatiga 150 km maksimal tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladigan pulli yo‘llar narxi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakilining taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:
• Toshkent—Andijon: $5 atrofida;
• Toshkent—Angren: $1,7 atrofida;
• Toshkent—Qo‘qon: $1-2 atrofida.
Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:
• Toshkent—Andijon: $20 atrofida;
• Toshkent—Samarqand: $5-6 atrofida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018 yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning kompaniyasi shug‘ullanishi mumkin.
@NarxiQancha | Manba (https://daryo.uz/k/2021/03/25/ozbekistonda-avtomobillar-uchun-pulli-yollar-narxi-qancha-bolishini-malum-qilindi-unda-mashinalar-150-km-tezlikda-harakatlanishi-mumkin-boladi/)