O‘zbekiston muftiylari


Post Views:
2 415

Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon

Hijriy 1276 yili (milodiy 1856) Toshkentda diniy ulamo oilasida tavallud topgan. Otasi Abdulmajidxon eshon taniqli olim, mashhur “Mo‘yi Muborak” madrasasi mudarrisi, bobosi Yunusxon ibn Ayyubxon mudarris va shayhulislom bo‘lishgan. Eshon Boboxon dastlab uyda otasidan, so‘ngra Buxorodagi Mir Arab madrasasida mashhur ustozlardan, xususan, Domla Ikromchadan tahsil oldi. Tirishqoqligi, aql-zakovati bois tafsir, hadis, aqoid, fiqh bilimdoni bo‘lib yetishdi. Bir necha yillar “Mo‘yi Muborak” jome’ida imom-xatib va madrasada mudarris bo‘ldi. 1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining diniy nazorati raisi, muftiy etib saylandi. O‘sha yillari musulmonlar vakillarining haj safariga borishlari yo‘lga qo‘yildi, “Mir Arab” madrasasi qaytadan faoliyat boshladi, masjidlar haqida Nizom ishlab chiqildi, diniy boshqarma kutubxonasiga asos solindi, xalqaro aloqalar kengaydi. 1957 yili Toshkentda vafot qildi. Ismoil Qaffol Shoshiy qabrlari yoniga dafn etilgan.

Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon

1908 yili Toshkent shahrida tavallud topdi. Hakim qori domla, Bahodirxon maxdum, Shayx Alouddin, Jamol hoji kabi ustozlardan saboq oldi. O‘n ikki yoshida Qur’oni karimni to‘la xatm qilib, hofizul-Qur’on bo‘ldi. 1920 yili Toshkentdagi “Ko‘kaldosh” madrasasiga o‘qishga kirib, o‘sha paytda Toshkentga kelgan suriyalik olim Ash-Shomiy at-Tarablusiydan hadis, fiqh ilmini o‘rgandi.1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazorati mas’ul kotibi va O‘zbekiston qozisi bo‘ldi. 1947-1948 yillarda Qohiradagi “Al-Azhar” dorilfununida, so‘ngra Makka, Madina shaharlarida tahsil oldi. 1948 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazorati raisining o‘rinbosari etib saylandi. 1957 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi raisi etib saylandi va umrining oxiriga (1982 yil) qadar ana shu vazifada samarali ishladi.

Shamsuddinxon Boboxonov

1937 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1959 yili Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakultetini bitirgan. 1962-1966 yillarda Qohiradagi “Al-Azhar” dorilfununida tahsil oldi. 1973 yili Maskovda arab filologiyasi bo‘yicha nomzodlik ilmiy ishini yoqladi. 1975-1982 yillari Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida rektor, 1982-1989 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi, muftiy, 1989-1994 yillari O‘’bekiston FA Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim va diniy boshqarma raisining noibi bo‘lib ishladi. 1994-2001 yillari diplomatiya sohasida xizmat qildi. O‘rdun Qirollik akademiyasining haqiqiy a’zosi, Xalqaro Ibn Sino mukofoti sohibi. 2003 yilda Toshkentda vafot etgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

1952 yidda Andijon viloyatining Buloqboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab otasi Muhammad Yusuf hojidan diniy ta’lim olgan. “Mir Arab” madrasasini, Toshkent Islom oliy ma’hadini bitirib, “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali taxririyatida ishladi. 1980 yili Liviyadagi “Islom da’vati” oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, diniy boshqarmaning xalqaro bo‘limi xodimi, keyinchalik Islom oliy ma’hadi mudiri noibi, 1983 yildan esa mudir bo‘lib xizmat qildi. 1989-1993 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy vazifasida ishladi. Bir necha xalqaro Islom tashkilotlarining a’zosi.

Muxtorjon Abdulloh Buxoriy

1928 yili Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Buxorodagi “Mir Arab”, Toshkentdagi Baroqxon madrasalarida, Suriyadagi Damashq jome’sining shariat kulliyasida tahsil olgan. 1958-1991 yillarda “Mir Arab” madrasasida mudarris, bosh mudarris, mudir vazifalarida ishladi. 1984-1988 yillari Toshkent Islom oliy ma’hadida xorijlik talabalarga dars berdi. 1991-1993 yillari Buxoro viloyatidagi “Hazrati Bahouddin Naqshband” masjidida imom-xatib, 1993-1997 yillari Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi, muftiy bo‘ldi, keyinchalik yana imomlik qildi. 2002 yili vafot etgan.

Abdurashid qori Abdumo‘min qori o‘g‘li Baxromov

1953 yili Andijon shahrida tavallud topdi. Dastlabki Qur’on ilmlarini otasi Abdumo‘min qoridan o‘rganib 16 yoshida Qur’oni Karimni to‘liq yod oldi. 1975-1981 yillar oralig‘ida Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi va Toshkent islom institutida tahsil oldi. 1979-1997 yillarda Toshkent islom instituti mudarrisi hamda Toshkent shahridagi “Tilla Shayx” jome’ masjidi imom xatibi vazifalarida xizmat qildi. 1997 yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. Shuningdek, Abdurashid qori Abdumo‘min o‘g‘li Misr Arab Respublikasining “Al-Azhar” universiteti malaka oshirish kursida tahsil olgan. 2006 yil aprel oyida Misr Arab Respublikasida o‘tkazilgan konferensiyada “Al-Azhar” universitetining faxriy talabaligiga qabul qilingan. 2006 yil avgust oyida muftiylik lavozimidan iste’foga chiqib, shu yili sentyabr oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Ulamolar kengashi” qarori bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Faxriy imomi” unvoniga ega bo‘lgan. 2011 yilda vafot etgan.

Usmonxon Temurxon o‘g‘li Alimov

Usmonxon Alimov 1950 yil 1 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, 1982-83 yillarda Buxorodagi «Mir Arab» madrasasida, 1983-87 yillarda esa Toshkent islom institutida, 1989-90 yillarda Marokashdagi «Karavayin» universitetida tahsil olgan. 1987-2000 yillar davomida Payariq tumanidagi «Imom Buxoriy» masjidida imom-xatib, 2000 yildan esa O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Samarqanddagi bosh vakili vazifasida faoliyat olib borgan. 2006 yil 8 avgust kuni esa Usmonxon Alimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga tayinlangan.

https://shosh.uz/uz/o-zbekiston-muftiylari/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x