O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi kirish ballari, qabul kvotalari
Toshkent xoreografiya bilim yurti 1947 yilda O’z SSR Ministrlar sovetining 14 sentabrdagi №1480 qaroriga asosan Toshkent shahrida tashkil etilgan. Ushbu bilim yurtida xoreografiya san’atining mumtoz va milliy raqs turlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bilim yurtida Usta Olim Komilov va Tamaraxonum yetakchiligida o’zbek xoreografiya san’atining rivojiga juda katta hissa qo’shgan san’atkorlar ta’lim olganlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 yanvardagi PF-1695 sonli “O’zekistonda milliy raqs va xoreografiya sa’natini rivojlantirish to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevral’ № 101-sonli qaroriga binoan A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining xoreografiya bo’limi va O’zbek xoreografiya bilim yurtlari negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilib, xoreografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlay boshladi.
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tuzilmasini va uni tashkil etish tizimini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq ravishda takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirilishini hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyundagi 253-sonli va 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-sonli qarorlarini hamda o’rta maxsus kasb hunar ta’limi markazining 2004 yil 27 yanvardagi 16-sonli buyrug’ini bajarilishini ta’minlash maqsadida xoreografiya bilim yurti xoreografiya kollejiga o’zgartirildi.
Bugungi kunda Oliy maktabda 1 ta fakultet, 3 ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. 2 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 2 ta mutaxassislik yuzasidan magistrlar tayyorlanmoqda.
Related Posts:
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kirish…
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kirish ballari,…
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti…
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish…
- Toshkent tibbiyot akademiyasi kirish ballari, qabul…
- Andijon davlat tibbiyot instituti kirish ballari,…