O‘zbek milliy mentaliteti haqida ba’zi mulohazalar


Post Views:
3 531

XXI asr o‘zbek xalqi tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rganish sohasida yangi zarvaraqlarni muhrlamoqda. Bugungi kunda tariximizning noma’lum bosqich va qirralari qaytadan kashf etilmoqda. O‘zbekistan mustaqilligidan so‘ng o‘zbek xalqining qadimiy davlatchilik an’analari, etnik tarixi va etnogeneziga bag‘ishlagan qator salmoqli tadqiqotlar yaratilmokda[1]. Lekin, afsuski hozirgi qadar o‘zbek xalqning mentaliteti, uning o‘ziga xos tomonlari, milliy yutuklarimiz va nuqsonlarimiz borasida tadqiqotlar aytarli ko‘zga tashlanmayapti[2].

Tarixda ma’lumki, dunyodagi har bir millatning shu jumladan o‘zbeklarning ham aqliy ruhiy qiyofasi ya’ni milliy mentaliteti o‘ziga xos tarixiy, etniq tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo‘lgan munosabati ham turli bo‘lishi shubhasiz. Zero, milliy o‘ziga xosliklar uzoq; tarixiy davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, tabiiy geografik o‘rnashuv, o‘zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiypsixologik karashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.

Mentalitet yuqorida qayd etilgan xususiyatlardan tashqari millatlarning aqliyintellektual imkoniyatlari va ruhiy-psixologik o‘ziga xosliklarini qamrab oladi. Xarakterdagi o‘ziga xosliklarning negizini esa shu xalqning tarixiy tajribalari, urfodatlari, marosim va ma’rakalarining yahlit tizimi tashkil etadi[3]. Boshqacha qilib aytganda, ular mentalitetning xarakatlantiruvchi kuchlari vazifasini o‘taydi.

O‘zbek xalqining milliy mentaliteti haqida so‘z yuritishdan oldin shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek xalqi 4 ta katta diniy-mafkuraviy bosqichni (zardo‘shtiyliq, buddaviylik, islom, kommunistik) o‘z boshidan kechirganligi va har bir mafkuraviy-diniy ta’sirlar davri tugaguncha necha avlodlar almashganini va bu jarayonlarning millat fe’l-atvorida o‘chmas iz qoldirganini unutmaslik kerak[4].

O‘zbeklar o‘ziga xos shakllanish jarayoniga ega xalqdir. Tarix guvohlik beradiki, o‘zbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizini esa qadimiy turkiy xalqlardan boshlagan. Har ikkala asosiy ildizlarning birikishi – o‘zaro sintezi o‘zbek elatini va keyinchalik o‘zbek millatini tashkil etgan[5].

O‘zbek xalqining etnik jihatidan ko‘p tarmoqli va sertomir ekanligi uning mentalitetida barcha urug‘ va ijtimoiy qatlamlar uchun umumiy jihatlar, jamoa manfaatlarini himoya qiluvchi fazilatning ayniqsa rivoj topishni taqozo etib kelgan. Xalqimiz fe’lidagi bag‘rikenglik, hotamtoylik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hamkorlikda moyillik, g‘am-anduhi paytlarda nochor kimsalarga hamdardlik, yelkadoshlik fazilatlari ana shu jamoaviy yakdillikni ta’minlash, til va dil, fikr birligini saqlash ehtiyojlaridan tug‘ilgan va sayqal topgandir.

Ikkinchi guruh, sabablar doirasiga muayyan millat istiqomat kilib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiyg jug‘rofiy-hududiy va iqlimiy omillar ta’sirini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Ma’lumki, mamlakatimizning asosan tekislik va cho‘llardan iborat keskin kontinental iqlimli, jug‘rofiy hududda joylashganligi, jazirama issiq, yoz bilan qahraton qishni, almashinishi, bahor va kuzning shiddat bilan kelishi va ketishi xalqimizning fe’l-atvorida aniqlik va lo‘ndalikni, to‘poriliq qaynoq mehrini, qattiqqo‘llik va intizomni tarkib toptirgandir.

Xullas, xalqimizning intellektual ma’naviy qiyofasi-mentalitetiga baho berishda yuqoridagi muhim jihatlarni e’tiborga olish zarurdir.

O‘zbeklarning Movarounnahr va Xorazm hududida, hamda ularga tutash mintaqalardagi o‘troq dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega avtoxton xalq ekanligiga xalqimizning ona tabiatga, yerga, suvga, havoga, olovga bo‘lgan cheksiz hurmati va ularni e’zozlash bilan bog‘liq turfa xil urf-odat va marosimlari, an’anaviy dehqonchilik va hunarmandchilik udumlari, ko‘p asrlik islom sharoitidan qat’iy nazar, o‘zbek xalqining turmush-tarzida, urf-odatlarida saqlanib kelayotgan son-sanoqsiz zardo‘shtiylik elementlarida ayniqsa yaqqol ifodalangan. Shuningdek, bugungi kunda o‘ziga xos tarzda tarix rivojlanayotgan shaharsozlik va me’morchilik an’analarimiz, boy folklor na’munalarimiz, yozma meros, adabiyot, san’atga bo‘lgan qiziqishlarimiz, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, koinot va zamin, inson va havo, o‘lim va abadiyat haqidagi asotir va rivoyatlarimizda, asosan o‘troq, madaniyat sohiblariga tegishli bo‘lgan Navro‘z, Mehrjon, Sada, Gul sayllari, Hosil bayrami kabi bayram va sayllarning davomiyligi, yoinki insonning qayg‘uli onlari-motam marosimlarida maxsus o‘lik xizmatchilari-gassollar, go‘rkovlar ipggiroki bilan bog‘liq udumlarimiz, rasm-rusmlarimiz davom etib kelayotganligi fikrimiz dalilidir.

O‘zbeklarning boshqa asosiy ildizi turkiylardan boshlaganligiga (turkiylikka xos jangovarlik, mardlik, lafz halolligi) bag‘rikengliq sahovatpeshalik, hojatbarorlik kabi hislatlarimizda o‘zining yorqin ifodasini topgan. Biz buni ayniqsa xalqimizning to‘ytantanalarga o‘ta o‘chligida, yillar mobaynida yig‘ib – terib elga tarqatishdan zavq-shavq olishida, a’za va yo‘qlov marosimlarini uyushgan holda o‘tkazishda, bola tug‘ilishidan tortib to motam marosimlarimizgacha bo‘lgan barcha marosim va urf-odatlarimizda, keng jamoatchilik va mahalla ahlining doimo bosh-qosh bo‘lishi kabi udumlarimizda kuzatamiz.

Milliy mentalitetimizda turkiylarga xos jihatlar ma’naviy madaniyatimizda, chillaq chavgon, ko‘pkari, kurash kabi milliy o‘yinlarmizda, «quloqtishlar», «beshikkerti», «qalin», «to‘qqiz» kabi rasm-rusm va udumlarimizda, qolaversa, otga bo‘lgan o‘ziga xos mehr-muhabbat va motam marosimlarda ishtiroki bilan bog‘liq udumlarimizda yorqin ifodasini topgan.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ming-ming yillar davomida shakllangan milliy mentalitetimiz bizga qo‘shni bo‘lgan boshqa xalqlarga muallaq holdag o‘zga xalqlardan ayri rivojlanmagan. Aksincha, milliy mentalitetimizga biz bilan qo‘shni bo‘lib yashab kelgan boshqa xalqlarning ma’lum ma’noda ta’siri bo‘lgan. Ayniqsa o‘zbek milliy mentalitetida forsiy zabon xalqlar va arablarning ta’siri katta bo‘lgan.

O‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlardan yana biri jamiyat hayoti, insonlar turmushtarzini ko‘proq an’ana urf-odatlar orqali boshqarilishidir.

O‘zbek xalqi oila qurish an’analariga rioya qilishda, qiz uzatish yoki kuyov tanlashda ham quda bo‘lmish tomon xususida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning ijtimoiy kelib chiqishini, jamoada tutgan o‘rnini va obro‘-e’tiborini hisobga oladi. Agar kuyov yoki kelin bo‘lmish tomonning aqli, odobi, husni-malohati bir hissa bo‘lsa, ularning qarindosh-urug‘lari, avlodning jamoadagi mavkei va bu xususdagi jamoatchilik fikri ikkinchi, aksariyat hollarda, hal qiluvchi omil vazifasini o‘taydi. Farzandlarni yaxshiga qo‘shish, bu borada xato qilib qo‘ymaslikda jamoa, jamiyat ra’yi, ko‘pchilikning kengashli fikri muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan ham, jamoatchilik fikrining shaxs turmush tarzi, taqdirini belgilashdagi ustuvorlik mavqyei beqiyosdir. Shu o‘rinda «G‘arb qonunlari, sharq urfodatlari bilan boshqariladi» degan iborani eslamoq joiz. Darhaqiqat, Sharqda, shu jumladan o‘zbeklarning turmush tarzida ham ko‘plab urf-odatlar qonunlar darajasida yuqori turadi. Jumladan, oila davrasida, yoinki, keng jamoatchilik o‘rtasida o‘tkaziladigan barcha marosimlarimizda mahallaning bosh-qosh bo‘lishi, qo‘ni-qo‘shnichilik an’analarimiz, oila-turmush marosimlarimizdagi ko‘plab urf-odatlar qonun darajasida bajariladi.

G‘arbda shaxs jamoaga o‘zligini yuzaga chiqarish, iste’dodi va imkoniyatlarini namoyish etish, muayyan maqsadlarga erishish vositasi sifatida qaraydi. Jamoa insonning ichki, botiniy dunyosi, ruhiyati va shaxsiy hayotiga mutloq aralashmaydi[6]. Sharqda esa butkul boshqacha manzarani kuzatamiz. Sharqda jamoaga asosiy e’tibor beriladi. Har bir urf-odat, marosim jamoa, mahalla ahli ishtirokida o‘tkaziladi. Jamoa insonni ijtimoiy nazorat ostida tutib turish, shaxsning jamoadagi muntazam ishtiroki uning umumiy ahloqiy me’yorlari doirasida ish tutayotganining isboti sifatida talqin etiladi. Jamoadan ajralgan holda ish tutish insonning ijtimoiy begonalashuvi sifatida baholanadi.

Xalqimiz mentalitetiga mos va xos bo‘lgan ana shu jihatni Prezident I.A.Karimov alohida ta’kidlab ko‘rsatgan edi: «O‘rta Osiyoda biz butun tarix davomida jamoa bo‘lib yashab kelganmiz. Ba’zi G‘arb mamlakatlarida esa yakka yashashga intilish kuchli. Bu bizning respublikamiz uchun mos emas. Aytaylik bizda mahallachilik an’anasi juda kuchli… Men xususiyatlar to‘g‘risida gapirar ekanman, Amerikada shaxs demokratiyasi ustuvor bo‘lsa, bizda boshqacha me’yorlar asosida, ya’ni jamoa manfaatlariga mos yashash ustunligini aytmoqchiman»[7].

Darhaqiqat, o‘zbek xalqi jamoa manfaatlari, jamoatchilik fikri doirasida, an’ana va urf-odatlarga sodiqdik negizlarida birlashishga moyil va shunga intiluvchi xalqdir. Zero, an’analarning o‘zi ham jamoatchilik fikrining barqarorlashgan ifodasidir.

Shu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, bugungi kunda o‘zbek qadrini urf-odat va marosimlarimizning an’anaviy o‘ziga xos tomonlari jonlanayotgan bir tarixiy jarayonda mentalitetimizdagi jamoaviylikka xos me’yoriy bog‘liqlik fazilatini saqlagan holda, uning bir qadar individuallashuvi, unda javobgarlik hissasini rivojlantirish, o‘zi uchun o‘zi hisob bera olish, mustaqil ish tutish, shaxsiy mas’ullik singari xususiyatlarni yanada takomillashtirish zarur. Shu o‘rinda afsus bilan aytish kerakki, o‘zbeklar bir yuz ellik yillik mustamlaka davrida xalqimiz yo‘qotgan qadriyatlarni saqlab qolishga erishilgan qadriyatlardan bir necha hissa ko‘p bo‘lgan. Chor Rossiyasi hamda SHo‘rolar davrida xalqimizga xos bo‘lgan hamjihatlik, jangovarlik, har ishda so‘z va amal birligi singari fazilatlarga jiddiy zarar yetkazildi. Xalq orasida milliy birlikka intilishdan ko‘ra; guruhiy, etnik mahalliy va hududiy ayirmachilikka berilish kuchaydi. Xalq milliy mentaliteti taqdirga tan berish, hamma narsaga rozi bo‘lib ketaverish, loqaydlik kabi hislatlar avj oldi. Uzoq davom etgan sobiq sovet davlatining mafkuraviy tazyiqlari oqibatida ko‘plab diniy va milliy qadriyatlarimiz e’tiborsiz qoldi, uzoq tarixga ega bo‘lgan muqaddas an’ana va marosimlarimiz bid’at, “eskilik sarqiti” deb kamsitildi, milliy udumlarimizning tarixiy asoslariga holisona baho berilmadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tmishdan meros bo‘lib o‘tgan ana shunday salbiy holatlarga yangicha nigoh bilan qarash, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy, madaniy merosimizni, o‘tmish tariximizni, qolaversa umummilliy ma’naviy islohotlarni amalga oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi va ular davlat siyosati darajasidagi g‘oyat muhim vazifa qilib belgilandi. Bugungi kunda hayotiy zaruratning o‘zi xalqimiz fe’l atvori, mentalitetini yangilashga jiddiy e’tibor qaratishga undamoqda. Lekin, afsuski, bugungi kunda yer sharida kechayotgan boshqa bir muhim jarayon, dunyo bo‘yicha ketayottan globallashuv jarayoni natijasida jahon xalqlari uchun umumiy etiket, umumiy fe’l-atvor, umumiy mintelitet shakllanmoqda va bunga bevosita jahon miqyosida ketayotgan siyosiy, iqtisodiy va axborot borasidagi globallashuv ancha kuchli ta’sir qilmoqda. Bunday globallashuvni bir xillashuv muayyan ijobiy natijalar berishiga qaramasdan, ko‘plab salbiy oqibatlarga ham olib kelmokda. Bu sharqning gavhari bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy mintalitetiga ham bevosita, hamda bilvosita ta’sir ko‘rsatmokda. Natijada globallashuv oqibatida o‘zbeklarning ko‘plab milliy mentalitetiga xos talay qadriyatlar, marosim va udumlarni unitilishiga sabab bo‘lmokda. Shu bois, bugungi kunda, xalqimizning milliy mentalitetini o‘zida aks etgiruvchi qadimiy urf-odatlarini, marosimlarini saqlab qolish uchun:

  1. Qadimiy urf-odatlarimiz, folklor na’munalimiz saklanib kelayotgan mintakalar (Boysun, Urgut, Shaxrisabz kabilar)ni davlat muxofaziga olish va maxsus maqom berish;
  2. Xalq mentalitetini saqlash maqsadida etnoekologik jamg‘armalar, tashkilotlar tuzish;
  3. Xalqimiz milliy mentalitiga oid eng qadimiy urf-odat va marosimlarni ommaviyaxborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish hayotiy zaruriyat bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib, aytish mumkinki, butun jahon bo‘yicha ulkan globalizatsion jarayonlar kechayotgan bir vaqtda o‘zbek milliy mentalitetini tadqiq qilish, uning nechog‘lik umuminsoniy qadriyatlarga mosligini kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, xalqimizning qadimiy an’analari, azaliy urf-odat hamda marosimlariga ega bo‘lishi bilan birgalikda, o‘ziga xos va o‘ziga mos milliy mentalitetga ega xalq ekanligidan dalolat beradi.

A. Ashirov (O‘zR FA Tarix instituti)

[1] O‘zbek xalqining qadimiy davlatchilik va etnik tarixiga bag‘ishlagan adabiyotlar to‘g‘risida qarang: Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi. T., 2000; Rtveladze E.V. va boshqalar. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavxalar.-T., 2001; O‘zbek davlatchiligi tarixidan ocherklar.T.,2001; K.Shoniyozov O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. T., 2001. Asqarov A.A. O‘zbek xalqi etnogenez va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy metodologik asoslari // O‘zbekiston tarixi 2002. №4. 54-60 betlar

[2] Bu mavzuda sotsiolog olimlar tomonidan ma’lum tadqiqotlar bajarilgan. Qarang: M.B. Bekmurodov, A.Begmatov Milliy mentalitet va rahbar ma’naviyati.-T.,2003. Bekmurodov M.B. O‘zbek mentaliteti xususiyatlari // Ijtimoiy fikr 1998 №1.49-53 betlar. O‘sha. muallif. O‘zbek mentaliteti: kecha va bugun // Tafakkur 2002 №2. 10-15 betlar

[3] Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti xususiyatlari // Ijtimoiy fikr 1998 № 1. 49-bet

[4] Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti xususiyatlari.. 49-bet

[5] K. Shoniyozov O‘zbek xalqining shakllanishi jarayoni.. 8-bet

[6] Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteta: kecha va bugun…16-bet

[7] Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan.-T.: O‘zbekiston, 1996.- T. 4.- 239-240 b

https://shosh.uz/uz/o-zbek-milliy-mentaliteti-haqida-ba-zi-mulohazalar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x