O’zbek milliy dutor cholg’usi Dutor- soz sehrida yangraydi
Dutor -(fors- ikki tor)- torli hertma milliy musiqa cholg’usi. O’zbek, tojik, uyg’ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O’zbek dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg’ulardan ajralib turadi. U asosan tut, yirik yog’ochdan yasaladi. Cholg’uning kosaxonasi rezontori 8-12 ta yupqa bir- biriga yonma-yon yopishtirilgan taxtacha qovurg’adan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo’g’iz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13-17 ta parda bog’lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezgak naqshlar o’yib yopishtiriladi. Torlari ipak ishlaridan eshiladi. Ular tanovor sozi kvarta, munojot sozi kvinta, qo’shor sozi unitorga sozlanadi. Uyg’urlarda dutor kattaroq shaklda.
Turkmanistonda faqat o’yma, qazma turi, Xoraz va Qoraqalpog’istonda kosaxonasi qovurg’alik dutorlar bilan birga hajmi kichik, o’yma xillari ham uchraydi. Dutorda yakkanavoz va jo’rnavoz cholg’u sozi bo’lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakkazarb, qo’shzarb, bilakzarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlari Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy “musiqaning ilmiy amaliy qoidalari” risolasi 16 –bobida uchratamiz. XVI-XVII asrda “Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan hirotlik Yusuf Mavludiy Dutoriy, mashxallik Mirquliy Dutoriy kabi sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy dutor ijrochiligining o’ziga xos uslublari 4 ta asosiy Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm maktablari orqali namoyon bo’ladi. XX asrda Andijon maktabi namoyondalaridan Dorip dutorchi, M.Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg’onada Qo’zixon Madraximov ijrosida “Nolish”, “Cho’pon” , “Andojon qurdi”, “Andijon sayqali” , “Tuya buzoq”, “Qo’shtor”, Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji kabilar mashxur asrlarni yaratishgan. Dutor alt an’anaviy dutorni 1930 –yillarda qayta ishlash natijasida paydo bo’lgan turi. Torlari kapron yoki boshqa polimer iplarda ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylangan yog’och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan o’zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlangan garmonizatsiyalashgan xalq kulari fortepiano jo’rligida ijro etilayotgan asarlardan o’rin olgan. Mazkur dutor asosida o’zbek xalq kompozitorlariga moslab turli hajmdagi dutor xillari dutor bas, dutor kontrabas ishlandi.