DO`STLARGA ULASHING:
O’zbek mashhurlari Instagramdan qancha daromad qilishadi?
Maʼlumotlarga koʼra, mashhurlarning sahifasidagi eng arzon reklama 200 dollar, eng qimmati esa 2 000 dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, kunlik reklama (stories) uchun ham 30 dollardan 1500 dollargacha narx belgilangan. Аmmo ularning koʼpchiligi bizneslari haqida ochiqchasiga gapirishni istamadi.
— Rayxon G’aniyeva instagramda 3.6 mln obunachiga ega. Reklama narxi esa $1500 ga teng. Agar reklamada o’zi ishtirok etsa narxi $2000
— «Bravochi» Shaxlo Zoirovaning 2.4 mln obunachiga ega sahifasida stories’dagi reklama narxi $300, postga joylashtirish esa $500.
— Munisa Rizayeva instagramda eng ko’p, 4.4 mln obunachiga ega. Uning sahifasida stories reklamasi $1500, postga joylashtirish esa $2500 ga teng.
— Zarina Nizommutdinovaning sahifasida stories reklama joylashtirish narxi $1000, postga reklama joylashtirish esa $2000.