OYSTRAX David Fyodorovich [1908.17(30). 9, Odessa – 1974.24.10, Amsterdam; Moskvada dafn etilgan] — skripkachi, pedagog, dirijyor; zamonaviy rus skripka ijrochilik maktabi asoschilaridan. London (1959), Boston, Rim, Berlin (1961) sanʼat va musiqa akademiyalari faxriy aʼzosi, Kembrij un-ti prof. (1969). Odessa musiqali drama in-tini tugatgan (1926). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1932—34 va 1941-y. dan), Moskva konservatoriyasida dotsent (1934-y. dan), prof. (1939-y. dan), kafedra mudiri (1950-y. dan). Uslubiga mukammal ijro mahorati, teran mazmun, badiiy-goyaviy ravshanlik xosdir. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz hamda zamonaviy skripka asarlari oʻrin olgan. Chet el mamlakatlari, xususan, Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan. Bir nechta xalqaro tanlovlar gʻolibi (Leningrad, Varshava, 1935; Bryussel 1937). Oʻgʻli — Igor O. (1931) ham mashhur skripkachi va dirijyor. Rossiya xalq artista (1986). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1958-y. dan).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые