OYSHA (613—678) — Muhammadning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrnkyat qizi. Laqabi Siddiqa, unvoni Ummun-moʻminun (Moʻminlar onasi) dir. Muhammad (sav) vafotidan keyin Oysha xalifalik hokimiyatiga nomzodlar oʻrtasidagi munozaralarda paygambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib, Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. O. Muhammad (sav) umrining oxirigacha u bilan birga yashagani tufayli juda koʻp hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar baʼ-zi oilaviy munosabatlarga doyr murakkab masalalarni undan soʻrab bilib olar edilar. Xalifalar — Abu Bakr, Umar va Usmon zamonlarida fatvolar ham bergan. Oysha tafsir, hadis, fiqhni mu-kammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor boʻlgan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые