Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

❗️ Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

♨️ 1. Oyoqlarning ko‘p terlashida soda eritmasi bilan kompress qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 40 gr ichimlik sodasi olib, 200 ml iliq suvda eritiladi. Eritmani dokaga shimdirib oyoqqa bog‘lanadi.
✔️Muolajani 2 hafta davomida olib borish kerak.

♨️2. Pivo bilan vanna qilish. Pivo bilan suvni aralashtirib unda oyoqlarni 15 daqiqa davomida ushlab turiladi, so‘ngra quruq sochiq bilan artib tashlanadi.9 % li olma sirkasi eritmasi. Sirka eritmasiga shimdirilgan bog‘lamni oyoq sohasiga, barmoqlar orasiga qo‘yish kerak.
✔️ Muolajani kunning ertalabki qismida o‘tkazgan yaxshiroq, ter ajralishini kamaytirish va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.

♨️3. Romashka va dub ildizi (dorixonalarda topish mumkin) dan tayyorlangan eritma yallig‘lanish, qo‘zg‘alishni yo‘qotib, ter bezlarining funksiyasini yaxshilaydi. Ushbu o‘simliklarning quritilgan va maydalangan kukunlarini suvga solib 15 daqiqa davomida qaynatish kerak, so‘ng uni 3 soat davomida tindirish lozim. Eritmani suv bilan aralashtirib oyoqlarni vanna qilish tavsiya etiladi. Muolajaning samaraligini oshirish uchun uni uxlashdan avval o‘tkazish zarur.

♨️4. Dengiz tuzi (morskoy sol) bilan vanna qilish. Dengiz tuzini iliq suvda eritib, unda oyoqlarni uxlashdan avval 15 daqiqa davomida vanna qilish ter bezlarining poralarini tozalashga yordam beradi va yoqimsiz hiddan xalos qiladi.

@doridarmonlar

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x