DO`STLARGA ULASHING:
Oyoq qayrilganda nima qilish kerak? Bunda RICE terapiyasi yordam beradi.
Agar oyog‘ingiz qayrilsa va u unchalik jiddiy xavf tug‘dirmaydigan darajada bo‘lsa, qayta tiklanish uchun RICE terapiyasi tavsiya etiladi:
👉 R — Rest — dam olish. Shikastlangan oyog‘ingizga dam bering. Jarohatdan keyingi 1-2 kun davomida kamroq yurishga harakat qiling.
👉 I — Ice — muz. Og‘riqni va shishni yengillashtirish uchun sochiq o‘ralgan muz yoki muzlatilgan boshqa narsani shikastlangan bo‘g‘imga qo‘ying.
👉 C — compress — siqish. Bo‘g‘in atrofini mahkam ushlab turadigan bog‘lam bilan bog‘lang yoki paypoq kiying. Bu shishni bartaraf etishga yordam beradi. Bunda qon oqimi buzilmasligiga ishonch hosil qiling.
👉 E — elevate — ko‘tarilish. Jarohatdan so‘ng darhol jarohat olgan oyog‘ingizni yurak joylashuvidan yuqoriga ko‘tarib, kamida yarim soat yoting. Buning uchun tovon ostiga yostiq qo‘ying. Ushbu amaliyot shishni yengillashtiradi va tiklanishni tezlashtiradi
@doctor_Muminov