DO`STLARGA ULASHING:
Oyog‘im ko‘p terlaydi deganlar uchun
1-kun:
Ishdan yoki o‘qishdan qaytgandan so‘ng kichikroq tog‘oraga oyoqni ko‘madigan qilib issiq suv quying va unda tuz eriting. 1.5 litr suv uchun bir osh qoshiq tuz yetadi. Agar oyoq teringiz nozik va sezuvchanligi yuqori bo‘lsa tuzni biroz kamaytirasiz. Oyog‘ingizni tog‘oradagi tuzli suvga dastlab 5 daqiqa, keyinchalik 10 daqiqagacha ushlab turasiz. So‘ng oqar suvda oyoqni chayish mumkin.
2-kun:
Xuddi shu ishni furatsillin tabletkasi bilan bajarasiz. Furatsillinni dorixonadan topish oson va arzon. 1litr suv uchun 2-3 donasi yetadi. Ushbu suvda oyog‘ingizni nisbatan uzoqroq muddat ushlab turasiz . (10-15 min) Keyin tuzli suvdan farqli ravishda oqar suvda yuvib tashlamaysiz, ya’ni shu holatda quritasiz.
Ushbu amaliyotlarni har kuni almashlagan holatda galma-galdan bajaraverasiz. Agar muntazamlikka rioya qilsangiz yaxshi samara beradi. Faqat bu amaliyotni boshlagandan so‘ng oyoq kiyim va paypoqni yangisi bilan almashtirish shart.
👉@doctor_Muminov