Oynadagi oy

Yasunari KAVABATA

 

Bir kuni Kyokoning miyasiga ikkinchi qavatda toʻshakka mixlanib yotgan eriga qoʻloynada tomorqani koʻrsatish fikri kelib qoldi. Shu bilan bemor hayoti oʻzgarib qoladiganday edi. Lekin oʻrtada boshqa gaplar boʻlib ketdi.

Qanaqa oyna edi oʻzi u? Bu oyna Kyoko erining uyiga sep qilib olib kelgan pardoz stoli tortmasida turar edi. Pardoz stoli ham, qoʻloynaning gardishi ham tutdan yasalgan edi. U yangi kelin boʻlib tushgan chogʻlar baʼzan oynani qoʻliga olib, orqa sochi qanday turmaklanganini koʻrishlari, kimonosining yengi sirgʻalib, bilagi tirsagigacha ochilib qolganida uyatdan qizarib ketganlarini bot-bot eslar edi. Xuddi oʻsha qoʻloyna…

Kyoko choʻmilib chiqib, pardoz stoli yoniga oʻtirganida eri: “Oʻquving yoʻq ekan, kel, yaxshisi, oʻzim ushlab turaqolay”, deb kelinchakning qoʻlidan oynani olar va xotini pardoz stoli oynasida orqa sochini yaxshiroq koʻrishi uchun qoʻloynani turli tomondan tutar va bundan oʻzi ham zavqlanar edi. Bechora kelinchak esa erining orqavarotdan tikilib turganidan batgar oʻngʻaysizlanardi.

Oʻsha gaplarga koʻp boʻlgani yoʻq, hatto tutli gardish xali tob yeb ulgurmadi, ammo bu oʻrtada urush boshlandi, odamlar boshqa joylarga koʻchirildi; eri ogʻir dardga chalinib qoldi. Kyoko unga tomorqalarini koʻrsatmoqchi boʻlganida oyna allaqachoi xira tortgan, gardishini-ku aytmasa ham boʻladi changu yogʻupa singib, chirk bosib ketgan zdi. Lekin nima qipti? Tomorqa undan bip-binoyi koʻrinyapti-ku! Shu-shu eri oynani qoʻlidan qoʻymaydigan, bosh uchiga qoʻynb yotadigan boʻldi. Bekorchilikdanmi yoki bemorlarga xos injiqlikdanmi, ishqilib, gardishning kirini tozalab, oynani yaraqlatib qoʻydi. Keyinchalik eri uni kuh-kuhlab, xafsala bilan artayotganini koʻrib, yogʻoch gardishning mayda tirqishlarida sil tayoqchalari qolib ketishi mumkin-ku, degan shubha oralardi Kyokoning koʻngliga…

Kyoko har kuni erining sochiga kameliya moyini surtib tarar, u esa sochini kafti bilan silab-silab yana gardishni tozalashga urinar, eskirgan gardish ham loklanganday yaltillab ketar, pardoz stoli esa hamon xira tortib turar edi.

Kyoko boshqa turmush qilganida stolni oʻzi bilan sep qilib olib ketdi.

Biroq u qoʻloynasini erining jasadiga qoʻshib yoqib yubordi. Bu hakda keyingi eriga lom-mim demadi. Endi pardoz stolida gardishiga Kamakura oʻyma naqshi-yu lok bilan zeb berilgan yangi qoʻloyna turar edi.

Kyoko erining jasadi tobutga qoʻlbarmoqlari koʻksida bir-biriga chalishtirilib yotqizilgani uchun – taomilga koʻra shunday edi – mayitning qoʻliga oynani ushlatolmay koʻksiga qoʻyishga majbur boʻldi.

Soʻng oynani u yerdan olib qorniga qoʻyar ekan:

 – Koʻkragingiz tinmay ogʻrigani ogʻrigan edi, tagʻin shugina oynaning ham ogʻirliga tushib yurmasin, – deb shivirladi.

Oyna er-xotinning bir biriga mehrini tovlangani uchun xam, raxmatlining yuragiga yaqnn boʻlsin, deb koʻksiga qoʻygan edi. Yana erimning qariidoshlari uni koʻrib qolmasin, deb ustiga oppoq xrazentema tashlab qoʻydi. Olov oynani eritnb yubordi. U egilib, qalin, qiyshiq quvurga mengzab qoldi, tutundan sargʻayib ketdi.

 – Anavi nima, oynami? – dedi qarindoshlardan biri hayron boʻlnb.

Kyoko pardoz gʻilofidagi yana bir tandzaki (Tanidzaki – tanka(beshlik) janridagi sheʼr yozishga moʻljallangan choʻzinchoq qogʻoz) shaklidaga jajji duroʻya oynani xam qoʻshib, marhumning koʻksiga qoʻygan edi. U bir paytlar bu oynakni toʻy sayoxatiga olib ketaman dsb koʻngliga tugib koʻygan, lekin urush orzularini chippakka chnqargan edi. Eri tirikligida oʻsha oynaning xech keraga boʻlmadi.

Yangi eri uni sayoxatga olnb chiqdi. Pardoz gʻilofi titigʻi chiqib, hatto mogʻorlab ketganidan Kyoko yangisini sotib oldi. Albatta, buiisining xam oynasi bor zdi.

Safariing birinchi kuni eri uni mahkam quchib, qulogʻnga:

 – Xuddi qiz bolaga oʻxshaysan. Boyoqish! – deb shivirladi.

Uning gap ohangida istehzo emas, tuyqus bir kuvonch bor edi. Ehtimol, Kyokoniig oldin er koʻrmagan qizdek iboli ekani uning koʻnglini koʻtarib yuborgandir. Lekin bu gap Kyokoga ogʻir botdi. U birdan hoʻngrab yigʻlab yubordi-da, qunishib oldi. Eri oʻzicha buni iboga yoʻydi.

Kyoko kimga rahmi kelib yigʻlayotir – oʻzigami yoki oldingi erigami – oʻzi xam tushunmas edi. Goʻyo birini ikkinchisidai ajratib boʻlmasdi. U birdan xozirgi erini ranjitib koʻyganini, unga xushmuomala boʻlishi kerakligini fahmlab, erkalanib soʻz qotdi:

 – Rostdan-a? Hali shuni ham bilamai deng? – Lekin u nojoʻya gap aytib koʻyganini sezdi-da, sholgʻomday qizarib ketdi. Bundan erining battar zavqi keldi.

 – Bola-chaqang yoʻq edi, shekilli, – dedi u va yana bilmasdan xotinining yarasiga tuz sepib qoʻydi.

Kyoko oldingi erinikidan boshqacha erkak kuchiga roʻpara boʻldi-yu, ichini it tirnay boshladi: u bola ovunadigai qoʻgʻirchoqqa oʻxshab qolgan edi.

 – Oʻziyam bolaga oʻxshagan bir nimam bor edi, – deya eʼtiroz bildirdi Kyoko, keyin birdan jimib koldn.

U bedavo dardga chalingan oldingi erini oʻlimidai soʻng ham bola deb oʻylar, goʻyo uni homiladek ichida katta qilayotgan edi.

“Nega erimning oʻlib qolishinn bilaturib xam sogʻligʻini oʻylab, u bilan qovushishdan oʻzimni olib qochib yurdim?” degap xayol oʻtdi Kyokoning koʻnglidan.

 – Morini faqat poyezd oynasidan koʻrganman, – dedi eri Kyokoni quchar ekan. – Sen tugʻilib oʻsgan, atrofi chakalakzor shahar juda chiroyli boʻlsa qerak-a? Bekorga Mori (Mori – chakalak degani) deb atalmagandir. U yerda necha yoshinggacha yashagansan?

 – Kollejni tugatguncha. Harbiy majburiyatni Sandzyodagi xarbiy zavodda oʻtadim.

 – Bundan chiqdi, Sandzyo yaqinida tugʻilgan ekansan-da? Oʻzim ham oʻyladim-a, Etigo viloyatilik shu qiz buncha suluv boʻlmasa deb. “Saidzyolik parilar” deb bekorga aytilmas ekan-da?..

 – Men chiroyli emasman, – dedi Kyoko qoʻlini koʻksiga bosib.

 – Qoʻling ham, oyogʻing ham bejirim. Ofatijonsan-da…

 – Unday demang! – Kyoko qoʻli xalaqit berayotganini sezib, koʻksidan oldi.

 – Farzanding boʻlganida ham senga uylanar edim, – shivirladi er ayolning qulogʻiga. – Uni oʻz bolamday yaxshi koʻrardim. Oʻsha bola kiz boʻlganida qaniydi?

Kyoko, oʻgʻli borligi uchun shunaqa deyapti, yaxshi koʻrishini bildirib qoʻymoqchi-yu, lekin epini qilolmadi, deb oʻyladi, Eri Kyokoni oʻn kunlik toʻy sayohatiga olib chiqdi, maqsadi esa oʻgʻli bilan koʻrishishini keyinroqqa surish edi.

Erining ajabtovurgina charm safar gʻilofi boʻlib, Kyokoniki uning oldida bir pulga arzimas edi. Gʻilof ohori toʻkilibroq qolganiga qaramay, katta, pishiqqina edi. Eri tez-tez safar qilib tursa-da, beeʼtibor boʻlmagani uchunmi, ishqilib, gʻilof boshqa koʻhna, ammo asl mollarday, jilvasini yoʻqotmagan edi. Kyokoning esiga biror marta ishlatilmagan boʻlsa ham mogʻorlab ketgan oldingi pardoz gʻilofi tushdi. Oʻsha gʻilofidagi eriga berib turgan jajji oynakni, oʻlimidan soʻng u bilai birga narigi dunyoga kuzatgan edi. Qoʻloynaning ustiga qoʻyib tobutga joylagan jajji oynagi… ular olovda erib, bir-biriga qoʻshilib ketdi; tobutga ikkita oyna qoʻyilganini, gʻalati xolda tosh qotib qolgan shisha boʻlagi oldin oyna boʻlganini hech kim fahmlagani ham yoʻq. Kyoko buni birovga aytmadi.

Nazarida, qoʻsh oynada aks etgan son ming dunyolar badnafs olovda yonib bitgan, 6u yoʻqotish bilan erining jasadi kuyib, bir hovuch kulga aylangani oʻrtasida hech qanday tafovut qolmagan edi. Kyoko tomorqani koʻrsatish uchun qoʻloynasiii berdi-yu, eri esa shu-shu undan ajramaydigan boʻldi. Lekin koʻp oʻtmay u oynani qoʻlida uzoq tutib tura olmaydigan boʻlib koldi, bunday paytlarda Kyoko har safar uning qoʻllarini, yelkasini uqalar edi. Shunda u eriga yana bitta jajji, yengilgina oynanii berdi. Oynada odamlar koʻchani kesib oʻtar, bolalar bogʻda oʻynar edi.

Jimitdek oynada jamuljam boʻlgai ulkan va rang-barang dunyoni koʻrib, Kyokoning oʻzi ham hayroi qoldi. Oyna, bor-yoʻgʻi, pardoz-andoz anjomi, qoʻloyna esa boshqa oynada ensani koʻrish uchungina kerak. Ammo bemor u bilan odamu olamni qaytadan kashf qildi. Kyoko ham erining bosh tomoniga oʻtirib olib, oynaga qarab-qarab qoʻyar, u bilan koʻzgudagi narsalar haqida gaplashar edi. Hademay u ham oynada aks etgan dunyoni hakiqiy dunyodan farqlay olmay qoldi. Bular goʻyo bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki alohida dunyo edi, oynadan koʻrinayotgan dunyo Kyokoga aslidan mukammalroq tuyula boshladi.

 – Osmon oynada kumushday tovlanyapti, – deydi eri, keyin derazadan tashqariga qarab, – derazadan esa kulrang koʻrinar ekan, – deb qoʻshib koʻyadi.

Oynadagi osmon yurakni siqmas, rostakamiga tovlanar edi.

 – Balki uni yaxshilab artganingiz uchun shunday tuyulayotgandir?.

Shunda eri derazadan osmonga qarash uchun boshini ozgina burdi.

 – Toʻgʻri, endi u xira – kulrang. Odamning, it yoki chumchuqning koʻzi ham osmonni bir xil koʻrarmikan? Osmon rangi asli qanaqa ekan-a, kim ayta oladi?

 – Osmonning oyna koʻzi koʻrayotgan rangi-chi? – Kyoko “Osmon oshiq-maʼshuqlarning koʻziga qanday koʻriiayotgan ekan”, demoqchi edi. Daraxtlarning oynadagi aksi yashilroq, savsan esa aslidan ham oqroq koʻrinar edi.

 – Mana bu – oʻng boshmaldogʻing izi. – Eri oynaning chetini koʻrsatdi. Negadir Kyokoning yuragi shuv etib ketdi. U shosha-pisha oynani kuh-kuhlab, arta boshladi.

 – Qoʻyaver. Tomorqani birinchi marta koʻrsatganingda ham oynada barmogʻing izi qolgan edi.

 – Payqamabman ham…

 – Sen parvoyingga keltirganing ham yoʻq, lekin men boshmaldogʻing bilan koʻrsagkich barmogʻing izini tanib qoldim.

Ogʻir xastalikka chalinib, toʻshakka mixlanib qolgan bemorgina xotinining barmoq izlarini eslab qolsa kerak.

Ular turmush qurgandan keyin eri sogʻ yurmadi hisob. Hatto urushga ham bormadi.

Uylariga oʻt ketgandai soʻng Kyokoning tanishlarinikida bir xonani ijaraga olib turishdi. Eri u paytlarda ishga qatnab yurar edi. U Kyoko bilan turmush qurgach, oʻz uyida bir oycha, ijara uyda esa ikki oycha sogʻ yurdi, xolos.

Urush tugay deb qolganda uni ham armiyaga olishdi. Ikki-uch kun bir aerodromda yerkovlik qilib, yiqilib qolgach, uyga qaytarishdi. U kelgan kuni urush xam tugadi. Eri toʻshakdan tura olmay koldi, Kyoko uni ota-onasi koʻchirilgan qishloqqa olib ketdi, chunki bor-budini erinikiga qoʻshib, avvaldan oʻsha yoqqa joʻnatib yuborgan edi.

Togʻda chogʻroq bir uyni ijaraga olishib, eri shu yerda davolana boshladi. Oʻsha uyda ular bilan birga yana bir koʻchirilgan oila ham turar edi. Urush tugashi bilan bu oila Tokioga qaytdi. Kyokoga bogʻdan kichik tomorqa – uchga uch kenlik (bir ken 1,81 metrga teng) shudgorlangan yer meros qolgan edi.

Qishloqda sabzavotni dehqonlardan sotib olish xam mumkin edi, biroq meros qolgan tomorqani tashlab qoʻyish mavridi boʻlmagani uchun Kyoko har kuni yer chopar, gurkirab oʻsayotgan ekindan koʻzi quvnar edi. U erining karavoti yonida oʻtirishdan bezor boʻlgani uchun emas, tikish bilan toʻqish yuragini siqib yuborgani uchun ham tomorqaga yopishib oldi. Bu erining erta bir kun tuzalib ketishiga umid uygʻotar, azbaroyi yaxshi koʻrgani uchun ancha-muncha vaqtini unga bagʻishlar, kitoblar oʻqib berar edi. Bemorga qarab charchaganidanmi, birvarakayiga hamma narsasidan ayrilib qolayotganday boʻlar, xayollarini chalgʻitmoqchi boʻlib ishga zoʻr berar edi.

Sentyabrning oʻrtalarida toqqa koʻchib kelishdi. Bu yerni yoz jaziramasidan jon saqlayotgan shaharliklar tark etgach, erta kuzning sovuq yomgʻirlari yogʻa boshladi. Ammo bir kun kun botay deganda qushlarning chugʻur-chugʻuri atrofni tutdi-yu, birdan havo ochilib ketdi. Kyoko oftob nurlariga choʻmilayotgan tomorqasiga chiqib, yam-yashil ekinlariga tikildi. Soʻngra boshini adl koʻtarib, olis togʻ choʻqqilari uzra suzib oʻtayotgan gulobiy bulutlarni koʻrib zavqlandi, shunga andarmon boʻlib, ikkinchi qavatda yotgan erining chaqirgani eshitmabdi. Bir payt qulogʻiga kirdi-yu, qoʻlining tuprogʻini ham qoqmasdan tepaga qarab yugurdi.

 – Tomoq yirtib baqirsam ham eshitmaysan-a?

 – Kechirasiz, xayol bilan boʻlib kolibman.

 – Yigʻishtir tomorqangni! Seni chaqiraman deb oʻlib qolishim ham hech gap emas. Goʻrga edi nima ishlar qilib yurganingni bilsam.

 – Tomorqada edim. Chiqma desangiz, mayli, chiqmay qoʻya qolaman.

Eri xotirjam gortdi.

 – Chittak sayraganini eshitdingmi? – U Kyokoni shuni soʻrash uchun chaqirgan edi. Ularning suhbatiga chakalakdai kelayotgan sayroq xam qoʻshildi. Shom qorongʻisi chakalakni yana-da bahaybat koʻrsatar edi. Shu-shu Kyoko chittak qanaqa sayrashini eslab qoldi.

 – Qoʻngʻiroqcha sotib olsak, nima deysiz? Jingirlasa boʻldi, chopib kelaveramai. Hozircha bosh uchingizga biror nima qoʻyib qoʻyaman, kerak boʻlib qolsam, derazadan otarsiz.

 – Nima, endi idish-tovoqni otaymi? Ol-a!

Eri, tomorqada ishlama, deb tixirlik qilmadi. Kyoko qoʻloynadan unga tomorqasini koʻrsatishni oʻylab topgunicha oradan achchiq ichakday choʻzilib qaxraton qish oʻtib, ortidan koʻklam keldi.

Oddiy bir oyna bemor erining koʻngliga bu dilbar va yam-yashil olam zavqini olib kirganida boyoqish ayolning qanchalar quvonganini bir koʻrsangiz edi! U endi Kyoko ekin barglaridan zararkunanda hasharotlarni terib olib tashlayotganini ham koʻrar, tabiiyki, qanaqa hasharot ekanini farqlay olmas, xotini esa ularni eriga koʻrsatish uchun ikkinchi qavatga koʻtarib chiqishdan charchamas edi. U Kyokoniig yer chopishini kuzatib yotadigan boʻldi…

 – Oynadan chuvalchangni koʻrdim, – dedi u bir kuni Kyokoga. Kechga yaqin oftob gʻarbga ogʻganda Kyoko koʻziga nur tushayotganinn sezib, boshini koʻtarar va eri tepadan oynani oʻziga toʻgʻrilayotganini koʻrar edi.

Eri Kyokoga talabalik davridan qolgan arzongarov matodan oʻziga shim tikib olishni buyurdi. U xotinining xol-xol gulli koʻk shimda tomorqani chopiq kilayotganini koʻrib, huzur qilar edi.

Kyoko eri oynadan qarab yotganinn bilar, lekin ish bilan ovora boʻlib, bu esidan koʻtarilar edi. U, shunchalik oʻzgaribman-a, endi kelin boʻlib tushgan kezlarim bilagim ochilib qolsa ham uyalib ketar edim, deb esladi-yu, yuragida allaqanday iliqlik paydo boʻldi.

* * *

Kyoko Yaponiya urushda yutqazayotgan chogʻlar deyarli pardoz qilmay qoʻydi. Keyinchalik kasal erini oʻylab, na yuziga upa, na labiga boʻyoq surtdi. Ikkinchi marta turmush qurgandan soʻnggina oʻziga eʼtibor berishga vaqtu hafsala topdi. U labboʻyoq bilai upa yuzini oʻzgartirib yuborayotganini, bir zumda huriliqoga aylanib qolayotganini sezar, yangi erining ilk marta yolgʻiz qolishganida oʻziga maftun boʻlib, zavq-shavqqa toʻlib aytgan gaplariga chin dildan ishona boshlagan edi.

Endi Kyoko choʻmilib chiqqandan soʻng oʻzini oynaga solishdan, goʻzalligidan uyalmaydigan boʻldi. Ammo rahmatli eri oynadagi goʻzallikni boshqacha ilgʻashga oʻrgatgan edi uni va bu unga bir umrlik saboq boʻlib qoldi. Endi u oyna butunlay boshqa olam ekaniga ishonardi.

Lekin u bir oʻziga, bir aksiga qarab, kulrang osmon bilan oynada kumushday tovlangan osmon oʻrtasidagichalik farq yoʻqligini sezar edi. Ehtimol, bu hol oʻrtadagi masofaga emas, toʻshakka mixlannb qolganidan yuragi zada boʻlib ketgan erining kayfiyatiga ham bogʻliq boʻlgandir. Oynadan tomosha kilganida tomorqada yer chopayotgan xotini koʻziga qanchalar suluv koʻringan ekan?! Eri bu tuygʻuni oʻzi bilan narigi dunyoga olib ketdi. Kyoko u tirik paytida bu haqda oʻylab koʻrmagan ekan.

Oʻzining bemor eri oynadan koʻrgan aksi, undan koʻringan quyonkaramning koʻm-koʻk guli, oppoq savsan, dala chetida oʻynab yurgan bolakaylar, olis qorli togʻlar ortidan chiqib kelayotgan quyosh… Kyoko bularning barini xotirasida tiklashdan ham koʻra bir zamonlar oʻzi bilam erigagina mansub boʻlgan oʻzga dunyoni sogʻingan edi. U hozirgi erini ayagani uchun ham jonu jahonini kuydirib tashqariga otilishi muqarrar boʻlgan hissiyotga yoʻl bermaslik ilinjida oldingi erini bu hayotga daxli boʻlmagan, mavhum bir narsaday eslashga tirishar edi.

Kyoko may tonglarining birida radiodan qushlar sayrogʻini eshitib qoldi. Eshittirish eri qazo qilgan joyga yaqinroqdagi bir togʻdan tayyorlangan ekan.

U erini ishga kuzatdi-da, pardoz stolidan qoʻloynani oldi va unda aks etgan koʻm-koʻk osmonni tomosha qila boshladi. Keyin oʻzining oynadan boqib turgan yuziga tikildi. Shunda xayoliga gʻalati bir fikr keldi: odam oʻz yuzini faqat oynadagina koʻrishi mumkin. Shundan soʻng u har kuni yuzini tomosha qiladigan, unga qoʻl tekkizib koʻradigan, oʻsha aksni yuzim deb oʻylaydigan boʻldi. Nega Tangri taolo odamni oʻz yuzini koʻra olmaydigan qilib yaratgan ekan-a?

“Balki odam yuzini koʻra olganda gangib, esi ogʻib qolarmidi?” deb soʻrardi u oʻzidan oʻzi.

Yoʻq, tabiat odamzodni azaldan yuzini koʻra olmaydigan qilib yaratgan. Ninachi bilan beshiktervatar koʻrar ehtimol.

Yo yuz odamga boshqalar koʻrishi uchun kerakmikan? Yaxshi koʻrib qolish uchun bir bahona kabi…

U qoʻloynani chetga qoʻydi-da, dafʼatan tutdan yasalgan pardoz stolining bezagi qoʻloynasining Kamakura oʻyma naqshiga mos tushmasligini payqab qoldi. Oldingi qoʻloynasi erining jasadi bilan birga kuyib kulga aylangandan soʻng pardoz stoli beva boʻlib qolganday edi. Kyoko eriga qoʻloynasi bilai birga yana bitta jajji oynak bergani nafaqat xayrli kechdi, balki musibat ham keltirdi. Chunki eri har kuni ularda oʻz aksini koʻrar, kasallik tobora zoʻrayib borayotganiyu yaqinlashib kelayotgan oʻlim sharpasini payqar edi. Mabodo oyna yordamida ruhiy qotillik sodir etish mumkin boʻlsa, buni Kyoko kilmadimi? U oyna balo-qazoning uyasi ekanini ancha oldin sezgani uchun olib qoʻymoqchi boʻlganida eri koʻnmagan edi.

 – Endi koʻrish quvonchini ham tortib olmoqchimisan mendan? – degan edi u oʻshanda. – Koʻzim ochiqligida koʻrganlarimdan huzur qilib yashamokchiman!

Eri oynadagi hayotni deb oʻzini qurbon qildi. U yomgʻirdan hosil boʻlgan koʻlmakdagi oyning oynaga tushgan aksiga qarab zavqlanar edi. Haliyam oʻsha oy aksi – faqat aksmikan? – uning xayolidan ketmaydi.

 – Birovni yaxshi koʻrish uchun ham odam sogʻlom boʻlishi kerak, – deydi yangi eri. Garchi Kyoko xijolatomuz bosh irgʻasa-da, yuragining allaqayeridadir bu gapga qoʻshilgisi kelmaydi. Avvaliga u, nega kasal erim bilan birga yotishdan qochib yurdim, deb oʻzidai oʻpka-gina qildi, ammo vaqt oʻtishi bilan bu xayollari kaygʻuli muxabbat haqidagi xotiraga aylandi, keyinroq esa shu xotira ham yuragini sogʻinch bilan limmo-lim toʻldirib turganini anglagach, koyinmaydigan boʻldi.

Bu eri-chi? Ayol koʻnglini juda joʻn tushunmayaptimi?

 – Nega shunday yaxshi odam boʻlaturib, xotiningiz bilan ajrashib ketgansiz? – deb soʻradi Kyoko bir kuni undan. U lom-mim demadi. Kyoko marhum erining ukasi holi joniga koʻymagach, bu odamga tegishga rozi boʻlgan edi. Turmush qurishlaridan oldin toʻrt oycha uchrashib yurishdi. Yangi eri undan oʻn besh yosh katta edi.

Kyoko homilador ekanini sezib qolib, qoʻrqib ketdi. “Qoʻrqyapman, qoʻrqib ketyapman”, der edi u erining pinjiga tiqilib. Tinmay koʻngli ayniyverganidan esi ogʻib qolar darajaga yetdi. U hovliga yalangoyoq yugurib chiqib, qaragʻay ignabargini chaynar, oʻgay oʻgʻlini maktabga joʻnatayotib, adashib uning sumkasiga ikkalasiga ham guruch solingan nonushta qutilarini tiqar, baʼzan pardoz stoli tortmasiga xuddi u shaffoflanib qolganday tikilar va goʻyo unda turgan oʻyma naqshli Kamakura qoʻloynasini koʻrar edi. Kyoko kechalari uygʻonib ketib, koʻrpachaga oʻtirib olar, uxlab yotgan eridan koʻz uzolmay uzoq tikilib oʻtiraverar edi. Inson umrining foniyligini oʻylab vahimaga tushar, xuddi erini boʻgʻib oʻldirmoqchiday, tungi kimonosi belbogʻini yecha boshlar edi. Ayni yoz chillasi boʻlgani uchun xavo kechalari ham issiq va dim boʻlishiga qaramay, avzoi badanini varaja tutib, sovuq ter bosar edi.

 – Kyoko, hademay ona boʻlasan, – soʻz qotardi eri uni oʻziga keltirish uchun yelkalaridai tutib silkitgancha.

Vrach uni kasalxonaga yotqizishni maslahat berdi. Kyoko yoʻq deb oyoq tirab turib olsa-da, pirovardida rozi boʻlishdan oʻzga chorasi qolmadi.

 – Boʻpti, kasalxonaga yotaman. Faqat bir-ikki kunga ota-onamning oldiga bornb kelishimga ruxsat bersangiz, – deb iltimos qildi u.

Eri uni ota-onasinikiga olib borib koʻydi.

Ertasi kuni u oldingi eri bilan yashagan togʻdagi uyga borish uchun yoʻlga chiqdi. Sentyabrniig boshi edi – oʻshanda 6u yerga ular oʻn kuncha kech kelishgan edi. Poyezdda yana koʻngli aynib qusa boshladi, boshi aylandi. U manziliga yeta olmay qolishdan qoʻrqar edi. Yoʻq, amal-taqal qilib, manzilga yetib oldi, stansiyada poyezddan tushib, toza havodan toʻyib nafas olgach, ancha yengil tortdi. Xuddi shayton vasvasasi ariganday oʻziga keldi, toʻxtab, atrofdagi togʻlarga gʻalati razm soldi. Osmon bilan boʻylashib turgan koʻm-koʻk togʻ tizmalari aniq-tiniq koʻrinar edi. Atrofidagi hayot uni yana ogʻushiga ola boshladi. Koʻzlaridan quyilayotgan qaynoq yoshni arta-arta oldingi uyi tomon yurdi. Xuddi oʻsha kezlardagiday shafaq oldida qorayib koʻrinayotgan chakalakdan qushlar chugʻuri taralmoqda edi.

Oʻsha uyda endi boshka birov yashar, ikkiichi qavatning derazasiga oq toʻrparda tutilgan edi. Kyoko uyning yaqiniga borishga yuragi betlamay, birpas jim tikilib turdi-da, qoʻkqisdan oʻzi ham hayratlangancha shivirladi:

 – Bola sizga oʻxshab qolsa, nima qilamiz?

Koʻngli joyiga tushib, stansiyaga qaytib ketdi.

 

Faxriyor tarjimasi

 

“Tafakkur” jurnali, 2010 yil, 1-son.

https://saviya.uz/ijod/nasr/oynadagi-oy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x