OYMYAKON YASSITOGʻLIGI — Saxa (Yakutiya)dagi yassitogʻlik. Sibirning shim.-sharqida, Indigirka daryosi havzasining yuqori qismida joylashgan. Suntar-Xayata va Tas-Kistabit tizmalari oraligʻida. Relyefi parchalangan. Alohida yassitogʻlar va tepaliklardan tashkil topgan. Markaziga — Oymyakon botigʻiga (700 m) tomon pasayib boradi. Yassitogʻlikning oʻrtacha bal. 800—900 m, eng baland joyi 1802 m. Asosan, slanes, qumtoshlardan iborat, ular orasida granit intruziyalari uchraydi. Iqlimi keskin kontinental, qishi juda sovuq, yozi salqin. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —50°, iyulniki 8°. Oymyakon botigʻi Shim. yarim sharning sovuq qutbi hisoblanib, mutlaq past t-ra —70°gacha tushadi. Yassitogʻlikning 1200 m balandlikkacha boʻlgan qismida siyrak holda tilogʻoch, pakana kedr, sibir qoraqaragʻayi oʻsadi. Undan yuqorida togʻ-tundrasi mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые