OYIM — 1) oqsuyak, zodagon ayollar nomiga qoʻshib ishlatilgan yoki uning tarkibiy qismini tashkil etgan soʻz (mas, Oʻzbek oyim, Ogʻocha oyim, Beg oyim, Eshon oyim, Mohlar oyim va b.);
2) umuman ayol kishiga murojaat qilganda hurmatlash, ulugʻlash maʼnosida uning nomiga qoʻshib aytiladigan soʻz (Sojida oyim, Mastura oyim kabi).