OYGUL, moh — koʻp yaprokli moychechak shaklidagi naqsh. O. yaproklar soniga qarab 3 yaprokli, 4 yaproqli, 5 yaproqli Oygul deb nomlanadi. Naqqoshlik va miskarlikda oʻsimliksimon naqsh boʻlagi hisoblanib, ustalar naqsh mujassamotini yaratganda, idishlar bezagida qoʻllanadi. Oygul i islimiy naqshi tanob bilan bandning murakkab aylanma harakatidir. Oygulni naqqoshlar baxt-iqbol ramzi sifatida qoʻllab kelganlar. Buxoroda naqshi mohiy deb yuritiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые