Oybek Hamroqulov — Kapalak

Barmog`imda yuz ochdi oftob,
Sochlaringga yetganda qo`lim.
Ko`zlaringdan ichdim mayin ob,
Ko`ksim uzra to`kilib dilim.

Ko`zlaringdan ichdim mayin ob,
Ko`ksim uzra to`kilib dilim.

Bolishimda balqib yotgan oy,
O`gushingda nurga cho`mildim.
Tun qo`ynida jannatiy chiroy,
Alangangda undi umidim.

Tun qo`ynida jannatiy chiroy,
Alangangda undi umidim.

Baxtim bahor gullaridek mo`l,
Yulduz qilib sochdim samoga.
Kapalakka uzatgandim qo`l,
Qanotlarin yozdi duoga.

Kapalakka uzatgandim qo`l,
Qanotlarin yozdi duoga.

Bolishimda balqib yotgan oy,
O`gushingda nurga cho`mildim.
Tun qo`ynida jannatiy chiroy,
Alangangda undi umidim.

Tun qo`ynida jannatiy chiroy,
Alangangda undi umidim.

Kel, tinglaylik tonggi sabolar,
Ko`ksimizga tumorlar taqsin.
Ko`zimizda kulgan vafolar,
Boshimizda quyoshdek balqsin.

Ko`zimizda kulgan vafolar,
Boshimizda quyoshdek balqsin.

Bolishimda balqib yotgan oy,
O`gushingda nurga cho`mildim.
Tun qo`ynida jannatiy chiroy,
Alangangda undi umidim.

Tun qo`ynida jannatiy chiroy,
Alangangda undi umidim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x