Andijonda bir go`zalga aytolmagan so`zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to`yolmagan ko`zim qoldi. (x2)
Yurakdagi og`riqlar-u, qalbda armon, o`kinch qoldi,
Parivashning yuzlarida men sezmagan sog`inch qoldi.
Andijonda bir go`zalga aytolmagan so`zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to`yolmagan ko`zim qoldi.
Oq libosga burkandiyu, undan shirin o`yim qoldi,
Kelin bo`lib u ketdiyu, dilda mahzun kuyim qoldi.
Muhabbatning sharobidan mening tilim kuyib qoldi.
Andijonda bir go`zalga aytolmagan so`zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to`yolmagan ko`zim qoldi.
Pora-pora yurak-bag`rim, muhabbati tig`lab qoldi,
Bevafoga ko`ngil bergan, Shuhrat joni yig`lab qoldi.
Andijonda bir go`zalga aytolmagan so`zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to`yolmagan ko`zim qoldi. (x2)
Ul malakning ruxsoriga to`yolmagan ko`zim qoldi…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.