OY AVTOMATIK STANSIYASI — Oyni va kosmik fazoni tadqiq qilishga moʻljallangan kosmik apparat (KA). Oydagi fizik sharoitni tadqiq qilish, Oy sathini oʻrganish, Oy jinslarining kimyoviy tarkibini aniqlash, mexanik xususiyatlarini tekshirish, t-ra oʻzgarishini kuzatib borish, Oyning magnit maydoni va ra-diatsiyasini oʻrganish, Oydagi seysmik toʻlqinlarni qayd qilish apparatlari va b. ilmiy apparatlar, maʼlumotlarni Yerga uzatishga moslangan radiotelemetrik va televizion sistemalar bilan jihozlanadi. Oy avtomatik stansiyasi va undagi apparatlar Oydagi oʻziga xos sharoit (vakuum, t-raning katta diapazonda oʻzgarishi va b.) ga chidamli qilib yasaladi. Bortidagi apparatlar elektr energiyasini qisman Quyosh batareyasidan oladi. Birinchi Oy avtomatik stansiyasi «Luna-9» yordamida 1966-y. 3 fev. da Oy sathiga qoʻndirildi (q. «Luna»). «Luna» (SSSR) va «Serveyer» (AKD11) tipidagi bir kan-cha kosmik apparatlar Oyga qoʻndirilgan. Yana q. Oy sunʼiy yoʻldoshlari, Lunoxod.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые