OXUNOVA Habiba Xoʻjanovna

OXUNOVA Habiba Xoʻjanovna (1943.10.1, Asaka sh. – 1994.22.9, Namangan) — xonanda (lirik dramatik soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1975). Andijon (1959—63), Namangan (1963—94) teatrlarida ishlagan. Kumush (D. Fayziy, «Zarafshon qizi»), Layli, Shirin (Xurshid, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin»), Guli (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Gulsara (K. Yashin, «Gulsara»), Gulruh (A. Tursun, «Mashrab»), Halima (Gʻ. Zafariy, «Halima»), Raʼno (Yo. Mirzo, «Anvar ila Raʼno»), Dezdemona, Ofeliya (U. Shekspir, «Otello», «Hamlet»), Barchinoy (S. Abdulla, «Alpomish») kabi rollari bilan tanildi. Oxunova lirik-dramatik obrazlarning mohir ijrochisi boʻlib, uning ijodi qahramonning ruhiy holatini, alam va oʻkinch hislari, iztiroblarini to-moshabinga dramatik oʻrtanishlarda, chuqur insoniy dard bilan yetkazib beri-shi bilan ajralib turadi. Uning «Alla», «Koʻngil», «Koʻrmagan boʻlsam seni», «Odob bilan», «Kurkam Vatanim», «Nay navosi», «Oshnoliging», «Barno yigit», «Sabo bilan», «Oʻzing», «Nay deb» singari qoʻshiklari, «Ushshoq», «Taronai bayot» maqom yoʻllari el orasida mashhur. «Gunoh» filmida ona rolini ijro etgan. Namangan sh. madaniyat saroyiga Oxunova nomi berilgan. Respublikada oʻtkaziladigan «Alla» tanlovi uning nomi bilan yuritiladi.

Ad.: Yusupov., Yoʻllaringning hiloli boʻlay, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x