Soyaman, ortingdan ergashgan,
Yostiqman, tunlari dardlashgan, (x2)
Tushingman, o`ngingga almashgan,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Yurakka yoy sanchgan kamonman,
Yuzingga rang sochgan somonman, (x2)
Yomonman, men o`sha yomonman,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Afsusman egilgan boshlarda,
Tim qora, uyilgan qoshlarda, (x2)
Armonman ko`zdagi yoshlarda,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Qalbingni tark etsa vafolar,
O`rnini egallar jafolar, (x2)
Bu dardga yo`q erur davolar,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Unutmoq osonmas bizlarni. {x2}