Oxunjon Madaliyev — Soch o’stirib (Turkman qiz 4)

Yulduzxonga 4-javobi, do`sti Yagodan ketyapti bu!

Yulduzxonim, uzun ko`ylak kiyibsiz,
Bizga shuning o`zi kerak, bilibsiz. (x2)
Turkman qizku bir gap bo`ladi, ammo
Bog`dan kelsam, sizchi tog`dan kelibsiz. (x2)

Osmoningiz tiniq bo`lsin, Yulduzxon,
Fe’lingiz ham siniq bo`lsin, Yulduzxon. (x2)

Andishaning oti qo`rqoq emasdir,
Sizsiz bizga ilhom sira kelmasdir. (x2)
Nurxonnimi, Kumushnimi gapirmay,
Hatto Zaynab senlashni ham bilmasdi.

Nurxonnimi, Kumushnimi gapirmay,
Hatto Zaynab sen deyishni bilmasdi.

Zo`rman debsiz, zo`r bo`ling-ey, iloyim,
Bilib qo`ying, zo`rlar bo`lar muloyim. (x2)

Yulduzxonim, mayli sizga yon beray,
Jon so`rangiz, mayli sizga jon beray. (x2)
Uzun ko`ylak egningizdan tushmasa,
Ko`zim quvnab, keyin sizga tan beray. (x2)

Turkman qizni mayli bizga yot qiling,
Soch o`stirib, keyin bizni mot qiling! (x3)

Soch o`stirib, keyin bizni mot qiling. {x2}

Rahmat. Shu opalarimizga, singillarimizga bir savolim borki, shu haqiqiy bir ayol kishiga xos bo`lgan soch nechi yillarda o`sishi mumkin bundan bu yog`i? 10 oy? 5 yilmi? Ha, kimdir aytadi 5 yil, kimdir 10 oy, kimdir… Endi taxminan bir 3, 4 yil, bir 5 yillargacha agar parikni kiyib chiqmasalar uzun qilib, hisobga o`tmaydi endi javobi, soch o`smaguncha!

Yulduzxonim, mayli sizga yon beray,
Jon so`rangiz, mayli sizga jon beray. (x2)
Uzun ko`ylak egningizdan tushmasa,
Ko`zim quvnab, keyin sizga tan beray. (x2)

Turkman qizni mayli bizga yot qiling,
Soch o`stirib, keyin bizni mot qiling! (x2)

Soch o`stirib, keyin bizni mot qiling… {x2}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x