Oxunjon Madaliyev — Ko’ngil ekan (Turkman qiz 3)

Bir kun meni bilishingiz bor,
Uzun ko`ylak kiyishingiz bor.

Farg`onada qo`shiq aytibsiz,
Titrab qolgan chinorlar aytdi. (x2)
Marg`ilonlik Kumushlar emas,
Uzun quloq devorlar aytdi. (x2)

Ko`ngil ekan, biroz og`rindim,
Turkman qizni battar sog`indim! (x2)

Buncha shirin tergabsiz, Yulduz,
Ammo jindek sergapsiz, Yulduz. (x2)
Turkman qizga oshiq yigitni
Hali yaxshi bilmabsiz, Yulduz!

Turkman qizga oshiq yigitni
Hali yaxshi bilmaysiz, Yulduz!

Bir kun meni bilishingiz bor,
Uzun ko`ylak kiyishingiz bor. (x2)

Tush ko`ribman yaxshimi-yomon,
Ashxabodga boraman, debsiz. (x2)
Yo`l bo`lsin-o, Yulduzxon, desam,
O`zim sovchi bo`laman, debsiz. (x2)

Qayting dedim, yo`lingiz to`sib,
Aynib qoldi Muhammad Yusuf. (x2)

Aynib qoldi Muhammad Yusuf… {x2}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x