OXOTA DENGIZI

OXOTA DENGIZI — Tinch okeandagi yarim berk dengiz, Osiyo materigining sharqiy sohili bilan chegaradosh. Okeandan Kamchatka ya. o., Kuril o. lari va Xokkaydo o. ajratib turadi. Nevelskiy, Tatar va Laperuz boʻgʻozlari orqali Yapon dengizi, Kuril boʻgʻozi orqali Tinch okean b-n tutashgan. Mayd. 1603 ming km2. Eng chuqur joyi 3521 m. Shim. dan janubga 2445 km choʻzilgan, eng keng joyi 1407 km. Kirgʻoqlari kam parchalangan. Shim.sharkida Shelixov, jan. qismida Aniva, Saxalin va b. qoʻltiqlar joylashgan. Dengizga Amur daryosi quyiladi. Suvining t-rasi qishda 1,8 — 2°, yezda 1,5 dan 15° gacha, shoʻrligi 32,8 — 33,8°/OO. Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Magadan, Oxotsk, Korsakov, Se-vero-Kurilsk.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x