OVSHUNOSLIK

OVSHUNOSLIK — ov qilish va ovchilik xoʻjaligi, ovchilik faunasini boyitish va undan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi fan. 20-a. boshlarida mustaqil fan sifatida shakllangan.

Ov maydonlarini, ovlanadigan hayvonlar va qushlar biologiyasini oʻrganadi, ularni hisobga olish usullari-ni, ov qurollarini ishlatish va ovlash uslublarini ishlab chiqadi, ov tovarshunosligi va ovchilik xoʻjaliklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish bilan shugʻullanadi. Ovshunoslikning muhim tadqi-qot usullari — hayvonlarni muntazam kuzatish, tabiatda tajribalar oʻtka-zish, hayvon qushlarni yashash joyida tamgʻalash, morfofiziologik indika-torlar yordamida hayvonlar populyatsi-yasi tarkibini tahlil qilish. Ovshunoslik biologiya, ekologiya, biotsenologiya,, botanika, biogeografiya, iqtisodiyot fanlari bilan uzviy aloqada rivojla-nadi. Oʻzbekistonda Ovshunoslikka oid ishlar ovchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston FA intlari davlat qoʻriqxonalari va b. da olib boriladi.

Yevropa va Shim. Amerika mamlakatlarida Ovshunoslik rivojlangan. Ovshunoslikning eng yirik xalqaro forumi 1953-y. da tashkil topgan Xalkaro biolog-ovshunoslar kongressi har 2 yilda bir marta yigʻiladi.

Ad:. Rusanov Ya., Osnovы oxotovedeniya, M., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x