OVQATNI XAZM QILISH UCHUN QANCHA VAQT KЕRAK?

OVQATNI XAZM QILISH UCHUN QANCHA VAQT KЕRAK?

✓ Suv. Bo‘sh oshqozonga ichgan zaxoti ichakka tushadi.
✓ Sharbatlar. Meva, sabzavot sharbatlari 15-20 daqiqada singadi.

Mevalar:
✓ Tarvuz 20 daqiqada singadi.
✓ Apelsin, uzumning singishi uchun yarim soat talab etiladi. Yarim kilogrammgacha yeyish mumkin.
✓ Olma, nok, shaftoli, olcha, boshqa yarim shirin mevalar xazm bo‘lish vaqti — 40 daqiqa. Bu mevalarning 2 yoki 3 xilini 350-500 gramm miqdorida tanovul qilish mumkin.

Xom sabzavotlar:
✓ Salat qilingan sabzavotlar — pomidor, salat ko‘kati, bodring, selder, qizil, ko‘k qalampir, boshqa shirali sabzavotlar xazm bo‘lish vaqti 30-40 daqiqa.
✓ Bug‘da yoki suvda pishirilgan sabzavotlar, jumladan, ko‘kat 40 daqiqada singadi. Kabachki, gulkaram, loviya, pishirilgan jo‘xori 45 daqiqada xazm bo‘ladi.
✓ Turp, sabzi, lavlagi, boshqa ildizmevali sabzavotlar xazmi uchun 50 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt talab etadi. Bunda avval ko‘katlar, sung sabzavotlar iste’mol qilinadi.
✓ Tarkibida kraxmal bo‘lgan sabzavotlar — qovoq bilan kartoshkaning xazm bo‘lishi uchun bir soat atrofida vaqt kerak.
✓ Kraxmalli ovqatlar. Guruch, grechka, oqlangan tariq, jo‘xori uni, suli, arpa yormasi o‘rtacha b0-90 daqiqada singadi.
✓ Dukkaklilar — kraxmallar,
proteinlar, loviya, ko‘k no‘xat xazm bo‘lishi uchun 90 daqiqa zarur. Bir kishi uchun ko‘pi bilan 120 gramm ruxsat etiladi.

Urug‘lar:
✓ Yong‘oqlar, kungaboqar, qovoq, kunjut urug‘lari ikki soat mobaynida singadi. Pistalarning ikki turdagisini 30 grammdan 120 grammgacha iste’mol qilish mumkin.
✓ Bodom, yeryong‘oq (xomi), yong‘oq xazm bo‘lishi uchun 2,5-3 soat vaqt kerak.
Ulardan faqat bir turdagisini, agar og‘ir jismoniy mexnat bilan band bo‘lmasangiz, 90 grammgacha yeyish mumkin.
✓ Yog‘siz pishloq, tvorog, brinza kabi sut maxsulotlari singishi uchun taxminan 90 daqiqa zarur bo‘ladi. Bir marta iste’mol uchun 120-240 gramm kifoya qiladi.

Jonivorlardan olinadigan oqsillar xazmi uchun:
✓ Tuxum sarig‘i — 30 daqiqa, butun tuxumga — 45 daqiqa ketadi. Bir kunlik me’yor — 1 yoki 2 dona.
✓ Baliqlar 45-60 daqiqada xazm bo‘ladi. Ko‘pi bilan 180 gramm yeyiladi.
✓ Jo‘ja 1,5-2 soatda xazm bo‘ladi. Ko‘pi bilan 120 gramm iste’mol qilinadi.
✓ Kurka go‘shti 2-2,5 soatda singadi. Bir o‘tirishda ko‘pi bilan 120 gramm yeyish mumkin.
✓ Qo‘y va mol go‘shti 3-4 soatda xazm bo‘ladi. Bir o‘tirishda yeyish miqdori — 120 gramm.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x