OTS Georg Karlovich

OTS Georg Karlovich (1920.21.3, Petrograd —1975.5.9, Tallin) — eston xonandasi va opera yakkaxoni (lirik bariton). Xalq artisti (1960). Tallin konservatoriyasini tugatgan (1951). 1945-y. dan Tallindagi «Estoniya» opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Operalarda Don Juan, Figaro («Don Juan», «Figaroning uylanishi»), Onegin («Yevgeniy Onegin») kabi, operettalarda Danila («Quvnoq beva»), Tasillo («Marina») va b. partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan klassik va zamonaviy kamer asarlar, qoʻshiklar oʻrin olgan. Ots mayin, yoqimli ovozi xamda optimistik talqinlari bilan shuhrat krzongan. «Mister Iks», «Kola Bryunyon» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Chet mamlakatlarda (jumladan, bir necha bor Toshkentda ham) gastrolda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x