OTBOSHI — Ichki Tyan-shanning jan. qismidagi togʻ tizmasi, Qirgʻizistonda. Gʻarb-jan.-gʻarbdan sharq-shim.sharqqa to-mon choʻzilgan boʻlib, Ot-boshi botigʻini shim. da Chatirkoʻl soyligidan va jan. da Oksoy sirtlaridan ajratib turadi. Uz. 135 km. Eng baland joyi 4786 m. Metamorfik slanes, ohaktosh, qumtosh, qisman granit va siyenitlardan tarkib topgan. Choʻqqisida muzliklar bor (mayd. 150 km2). Togʻ-oʻtloq va sub-nival landshaftlar mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые