Xazon to`kilgandek yoshim to`kildi,
Dastingdan tik turgan boshim egildi.
Asli kim ekaning endi bilindi,
Bir umrli umidim so`ndi, uzildi.
Yig`lamading, shunchaki unutding kulib,
Men esa bag`rimni tirnadim yulib.
Ayriliq qabriga sevgimni ko`mib,
Ketmoqdasan uzoqqa, kimlarga ko`nib?
Oddiyman, koshonam shunchaki kulba,
Guldan boshqa nima ham berardim senga?
Suratingga qarab, sog`inib cheksiz,
Ovunyabman qara, qara, men telba. (x2)
Bugun yo`l olaman yana sen tomon,
Visoling ko`zimning ostida hamon.
Yurak tilkalangan, gapirmas zabon,
Unutganman dema, sog`indim yomon.
Qo`limdan kelmadi baxtiyor qilish,
Qo`limdan kelgani qalbimni yulish.
Va berish muzlagan shu qo`llaringga,
Intizor bo`lyapman bu yo`llaringda.
Kelishing shunchalik qiyin bo`ldimi,
Charchadingmi yoki ko`ngling qoldimi?
Yashayotgan sevging qani, o`ldimi,
Jim turma, javob ber, sabr to`ldimi?
Bugun yo`l olaman yana sen tomon,
Visoling ko`zimning ostida hamon.
Yurak tilkalangan, gapirmas zabon,
Unutganman dema, sog`indim yomon.
Oddiyman, koshonam shunchaki kulba,
Guldan boshqa nima ham berardim senga?
Suratingga qarab, sog`inib cheksiz,
Ovunyabman qara, qara, men telba. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.