Tuyg`ularim hamon o`sha-o`sha,
Seni unutganim yo`q.
Kulgularing hamon o`sha-o`sha,
Sendan voz kechganim yo`q.
Ko`nglim tilkalaydi o`sha bo`sa,
Xumorim dardimda, dardim xumorimda.
Yetolmadim nega ko`zlaringga,
Sening vaslingga, visolingga?
Atirgul qo`limda, tikonlar yo`limda,
Kimlardir yoningda, alamlar qalbimda.
Unutma, qaytmayman qancha og`ir bo`lmasin,
Chidayman, hammasi bir kun o`tib ketadi. (x2)
Ishonchim qolmadi, vafodor bo`lmadi,
U endi o`zgada, azob qoldi dilda.
Qaytmagin hech qachon, jonim, bo`lgin omon,
Sog`insang ham yomon, qaytma hech qachon.
Tuyg`ularim hamon o`sha-o`sha,
Seni unutganim yo`q.
Kulgularing hamon o`sha-o`sha,
Sendan voz kechganim yo`q.
Atirgul qo`limda, tikonlar yo`limda,
Kimlardir yoningda, alamlar qalbimda.
Unutma, qaytmayman qancha og`ir bo`lmasin,
Chidayman, hammasi bir kun o`tib ketadi. (x2)