OTAMUROD MATRIZA QUSHBEGI MASJIDI

OTAMUROD MATRIZA QUSHBEGI MASJIDI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1800). Xon qushbegisi Otamurod Matriza qurdirgan. Masjid xonaqoh, oʻng va ters ayvon hamda 2 qoʻshimcha xonadan iborat. Binoga sharqiy tarzdagi peshtoqorqali kiriladi. Kiraverishda 3 gumbazli xona va kichik minora bor. Xonaning shim.-sharqiy burchagini mi-yonsaroy va 2 qoʻshimcha xona egallagan. Jan. dagi ters ayvondan hovliga chiqiladi. Uning qarshisidagi oʻng ayvon 6 ustunli, markazidagi mehrob muqarnas naqshlar bilan bezatilgan. Orqasidagi xonaqoh tomi tekis toʻsinlar bilan yopilgan. Toʻsinlar 4 ustunga tayangan. Masjid Xorazm turar joylariga xos uslubda qurilgan. Ustunlari oddiy, poyustunlari mar-mardan, xonaqoh va ayvon devorlariga namoyonlar ishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x