DO`STLARGA ULASHING:
Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to’laydigan aliment miqdori qancha?
Ota-onalar ajrashish paytida, o’rtadagi bolalari bir tomonda qoladi. Ikkinchi tomon esa ularning ta’minoti uchun sud tomonidan belgilangan aliment miqdorini to’laydi. Aliment miqdori ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa daromadining:
— bir bola uchun — 1/4 qismini;
— ikki bola uchun — 1/3 qismini;
— uch va undan ortiq bola uchun — 1/2 qismini tashkil etadi.
Misol uchun, aliment to’lovchi o’rtacha oylik maoshga (https://t.me/NarxiQancha/2414) ya’ni 2,5 mln so’mga ishlasa, u holda:
— bir bola uchun — 625 ming so’m;
— ikki bola uchun — 833 ming so’m;
— uch yoki undan ortiq bolalari uchun — 1 mln 250 ming so’m aliment pulini oyma-oy to’laydi.
Bu to’lovlar miqdori aliment to’lovchining moddiy va oilaviy holatlarini e’tiborga olgan holda, sud tomonidan kamaytirilishi ham, ko’paytirilishi ham mumkin.