OSTONA

OSTONA — Qozogʻistondagi shahar, Qozogʻiston Respublikasi poytaxti, Oqmoʻla viloyati maʼmuriy markazi. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. T. y. tuguni. Aeroport bor. Aholisi 493,6 ming kishi (2002). Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (q. x. mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparatura-si, choʻyan kuyish va b. z-dlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo z-di), yengil (chinni z-di, tikuvchilik f-kasi va b.) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TES ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻanda, Pavlodar, Petropavlovsk, Rudniy bilan bogʻlagan.

Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-y. dan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 y. lar bosh plani boʻyicha shaharning jan.-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat sa-royi, 1960—64, meʼmorlar O. Krasklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlaruyi (1974, meʼmorA. T. Polyanskiy va b.), «Ishim» mehmonxonasi, tele-markaz va b. barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-y. da Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan. Ostona Toshkent va Buxorodan Rossiyaning Yevropa qismiga boruvchi karvonlarning toʻxtash man-zili va oʻsha atrofning savdo markazi boʻlgan. 1961—92 y. larda Selinograd, 1961-y. gacha va 1992-y. dan 1998-y. gacha Oqmoʻla, 1998-y. dan Ostona deb atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x