OSTEOMIYELIT

OSTEOMIYELIT (osteo… va yun. myeolos — magʻiz, koʻmik) — koʻmikning yalligʻlanishi. Bunda yalligʻlanish jarayoni hech qachon koʻmik bilan cheklanmay, suyakning qattiq (kompakt) qismiga va pardasi (periost)ga tarqaladi (q. Periostit). O. koʻpincha, odam skeleti gʻovak suyaklarining boʻgʻimga yaqin joyida uchraydi. Yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) koʻpincha Osteomiyelitga (nospetsifik Osteomiyelit) sabab boʻladi. Mikroblar suyak toʻqimasiga uzoqdagi yiring oʻchogʻidan, mas, chipqondan, anginada yalligʻlangan murtak bezlaridan, yangi tugʻilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi bilan (gematogen yoʻl b-n) kelishi mumkin. Osteomiyelit sil, zaxm kasalliklari oqibatida xam paydo boʻladi (spetsifik Osteomiyelit).

Osteomiyelitning oʻtkir va surunkali turlari bor. Oʻtkir gematogen Osteomiyelit, odatda, 8—17 yoshda roʻy beradi. Koʻpincha badan sovqotgach yoki lat yegach, toʻsatdan boshlanadi. Bemor junjib, t-rasi 39—40° gacha koʻtariladi, pulsi tezlashadi, koʻz oddi qorongʻilashadi, uxlay olmaydi, alahlaydi. Soʻngra yalligʻlangan suyak ogʻriy-di, ustidagi teri shishib, qizaradi. Yiring yorib chiqqanda t-ra pasayadi, bemorning ahvoli yaxshilanadi. Osteomiyelit oqiba-tida yiringli artrit rivojlanishi, suyak sinishi, sepsis paydo boʻlishi mumkin. Qonda leykotsitlar koʻpayadi.

Surunkali Osteomiyelit, koʻpincha, oʻtkir Osteomiyelitdan (yiring yorib chiqqandan keyin) rivojlanib, yiring chiqadigan teshik hosil boʻladi. Yiring bemalol chiqib turganda t-ra normal boʻlib, asosan, kechasi yoki obhavo oʻzgarganda, jismo-niy ish vaqtida ogʻriq seziladi. Yiring teshigi qisqa vaqt berkilib turganda isitma chiqadi, ogʻriq kuchayadi, yalligʻlangan suyak ustidagi teri boʻrta-di (O. ning zoʻriqishi). Soʻngra yiring teshigi yana ochilib qoladi. Osteomiyelitni vrach davolaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x