OSTEOMA (osteo… va yun. oma — oʻsma) — suyak toʻqimasidan hosil boʻladigan xavfsiz oʻsma. Koʻmikli suyakdan tuzilgan (koʻmikli), qattiq suyakdan tuzilgan (kompakt), suyak pardasi atrofidan chiqadigan (paraostal) va suyakning biriktiruvchi toʻqimasidan chikadigan (periostal) turlari bor.