OSTEOLOGIYA

OSTEOLOGIYA (osteo… va… logiya) — suyaklar haqidagi taʼlimot, normal anatomiyaning bir boʻlimi. Suyaklarning shakli, qaysi joydan boshlanib qaysi joyga yopishuvini, funksiyasi, jinslardagi tafovuti, kimyoviy tarkibini tekshiradi. Embrionda suyaklarning rivojlanish xususiyatlarini, yoshga, tashqi va ichki muhitga qarab suyaklar shaklining oʻzgarishini, shuningdek, suyak toʻqimasini, suyak ust pardasi (periost) ning ahamiyatini oʻrganadi. Murdani yorib tekshirish, gistologiya texnikasi va suyaklarni mikroskopiya qilish, rentgenda tekshirish metodi amalda qoʻllanila boshlagach, Osteologiya mustaqil fan sifatida rivojlandi. Umumiy, xususiy va qiyosiy Osteologiya hamda yosh Osteologiyasi farq qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x