OST-INDIYA

OST-INDIYA (ing. East Indies — Shar-kiy Hindiston) — Hindiston hamda Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyodagi baʼzi mamlakatlar hududlarining yevropaliklar oʻrtasidagi eski nomi. Vest-Indiya terminining aksi sifatida vujudga kelgan. Oʻsha vaqtlarda Ameri-kaning Karib dengizidagi X. Kolumb kashf qilgan orollarini «Hindiston» deb hisoblagan yevropaliklar sharqqa tomon sayohat qilib, haqiqiy Hindistonni topgach, uni O.-I. deb atadilar. Angliya, Gollandiya va Fransiya Ost-Indiya kompaniyalarining mustamlakachilik faoliyatlari natijasida O.-I. nomi uzoq vaqt saklanib keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x