OSSURIYA — Mesopotamiyaning shim. da, Dajla daryosi yuqori oqimi boʻylarida qadimda mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 20—7-a. lar). Ashshur (Assur) shahardavlati nomidan olingan. Ossuriya aholisi, asosan, somiy-akkad xalqlariga mansub boʻlgan. Mil. av. 18-a. boshida Ashshur yirik davlatning markazi edi. Keyinchalik Bobil, 16—15-a. larda Mitanni davlatlari qoʻl ostiga oʻtgan. Ashshur hukmdori Ashshuruballit I (mil. av. 15-a. oxiri — 14-a. boshi) Mitan-nining zaiflashganidan foydalanib, mustaqil boʻlib olgan va kuchli davlat tuzgan. U Bobilni ham oʻziga buysun-dirgan. Uning nabirasi Arikdenilu birinchi boʻlib «Ossuriya podshohi» unvonini olgan. O. Shim. Mesopotamiyaning bu-tun hududini hamda Bobilga Furot va Dajla orqali boradigan daryo yoʻlini egallab olishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, Arrapxa (hoz. Kirkuk) davlati ham bosib olingan. Mil. av. 16 — 13-a. lar oraligʻida bizning davrimiz-gacha yetib kelgan Ossuriya sud qarorlari (oilaviy, yer, qarzdorlik huquqiga doir va b.) tuzilgan. 13-a. dan podsho hokimiyati bilan zodagonlar oʻrtasida ziddiyat kuchaya boshlagan. 12-a. da Ossuriya vaq-tinchalik zaiflashgan boʻlsada, ammo Tiglatpalasar I davrida (12-a. oxiri — 11-a. boshi) yangidan qudratli davlatga aylangan. U Bobil, Shim. Suriya va Fi-nikiyada zafarli urushlar olib borgan. Armanistonga tez-tez yurishlar qilib turgan. Biroq Tiglatpalasar 1 hukmronligining 2-yarmida oromiy kabilalarining Suriya dashtidan Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyaga silji-shi bilan Ossuriya davlati zaiflashib, parchalanib keta boshlagan. Zodagonlar b-n kurash nati-jasida Ossuriya podsholarining qarorgohi imtiyozli Ashshur sh. dan boshqa shaharlarga — dastlab, Kalxuga (hoz. Nimrud sh. xaroba-si), 8 — 7-a. larda boʻlsa Dur-Sharrukin (Xorso-bod) va Nineviya (Kuyunjik) ga koʻchirilgan. 10-a. oxiri — 9-a. larda Ossuriya podsholari Shim. Mesopotamiya va Ossuriyaning sharqidagi togʻli oʻlkalarda oʻz hokimiyatlarini tiklashga erishganlar. Ossuriya qoʻshinlari bir necha bor Jan. ga — Bobilga, Shim. ga — Urar-tuga, Sharqqa — Midiyaga, Gʻarbga — Suriyaga bostirib kirganlar. 9-a. oxiridan Ossuriyada ijtimoiy-siyosiy tanazzul boshlangan, u urushlar natijasida xo-navayron boʻlgan q. x. rayonlari bilan bogʻliq edi. Yirik davlatlar va ittifoqlar, ayniqsa, Urartu bilan boʻlgan kurashda Ossuriya bosib olgan bir qancha vi-loyatlardan ajralgan. Mamlakat ichkarisida sodir boʻlgan fuqarolar urushi natijasida taxtga Tiglatpalasar 111 (745—727) oʻtirgan. Uning davrida Ossuriya yana bosqinchilik siyosati yurgizgan. 100 yil mobaynida Gʻarbiy Osiyoning bu-tun hududi (Urartu va baʼzi chekka vi-loyatlardan tashkari) bosib olingan. Bu hududlardagi xalqlar qirib tashlanmasdan, balki bir r-ndan ikkinchi r-nga koʻchirilgan; noyibliklar kichik qismlarga boʻlib tashlangan va noyiblar huquqi cheklangan; davlat tomonidan taʼminlanadigan doimiy armiya tuzilgan. Tiglatpalasar III, oʻgʻli Salmanasar V (727—722), keyinchalik Sinaxerib (705—680) harbiylarga koʻproq yon bosib, oqsuyaklar, kohinlar huquqini cheklagan. 679—672-y. larda O. Shim. da va Sharkda kimmeriylar, skiflar va midiyaliklar b-n ogʻir urushlar olib borgan. Mil. av. 8-a. oxiridan boshlab Ossuriyaga qarshi boʻlgan davlatlar (Bobil, Elam, baʼzan Misr, Suriya, Finikiya, Falastin) va kabilalar (xaldey, arab va b.) ittifoqi tuzilgandi. Ashshurbanipal davrida (669—633) bu ittifoqqa qarshi olib borilgan urushlar natijasida Ossuriyada ozod dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan, qoʻshinning maʼnaviy-ruhiy ahvoli yomonlashgan. Ossuriyaning harbiytexnika-viy yutuklarini 7-a. ga kelib boshqa davlatlar ham oʻzlashtirganlar. Uzoq muddatli urushdan soʻng Bobil va Midiya ittifoqi Ossuriyani tor-mor keltirgan, uning asosiy shaharlarini vayron qilib, Ossuriya davlatini tugatgan (605). Urush davrida Ossuriya zodagonlari yoppasiga qirib tashlangan, qolgan aholi Mesopotamiya oromiylari bilan aralashib ketgan. Ad.: Vsemirnaya istoriya, t. 1, M., 1955.
Soyfullo Tursunov.