OSLO (1624—1924-y. larda Kristia-niya) — Norvegiya poytaxti. Oslofyord sohilida, 300—400 m balandlikda. Iqlimi moʻtadil. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5° gacha, iyulniki 16°. Yillik yogʻin 677 mm. Aholisi 507,4 ming kishi (2000). Shaharga 1048-y. da asos solingan. 13-a. oxiri — 1380-y. larda Norvegiya qirollarining qarorgohi. 1572-y. dan Daniyaga karashli Norvegiyaning maʼmuriy markazi. 1624-y. gi yongʻindan keyin shahar eski oʻrnidan nariroqda qayta qurilgan va Kristianiya deb nomlangan. 1924-y. dan Oslo deb atala boshladi. 1814-y. dan mamlakat poytaxti. 1940-y. 9 apr. dan 1945-y. 8-maygacha shaharni nemis fashistlari qoʻshini okkupatsiya qilib turgan.
Oslo — Norvegiyaning eng katta iqtisodiy va madaniy markazi, yirik dengiz porti. Port orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 1/3 qismi oʻtadi. T. y. tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oslo va uning atrofidagi korxonalar Norvegiyada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 25%ni beradi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati tarmoqlari rivojlangan. Energetika va kema taʼmirlash, elektrotexnika va radioelektronika, metallurgiya, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat va b. sanoat korxonalari bor.
Meʼmoriy yodgorliklardan Qirol saroyi, sobor, Milliy teatr va un-t binolari, ratusha va b. saqlangan. Metropoliten qurilgan. Shaharda bogʻ koʻp. Un-t (1811), konservatoriya, drama va opera teatrlari, Norvegiya FA, muzeylar, Milliy galereya bor. Bogdyo ya. o. dagi muzeyda F. Nansen va R. Amundsenlarning «Fram» kemasi, T. Xeyerdalning «KonTiki» soli saklanmoqda. Oslo changʻi sporti markazlaridan. 1952-y. da shaharda 6-qishki Olimpiada boʻlib oʻtgan.