Oshqovoqli blinchik

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: (xamir uchun) 100 gramm un, 2 dona tuxum, 250 ml sut, bir chimdim tuz, ikki osh qoshiq o‘simlik yog‘i, (masalliq uchun) 300 gramm oshqovoq, 100 gramm tvorog, (qayla uchun) 250 ml apelsin shirasi, 1 choy qoshiq asal, 2 sm uzunlikdagi zanjabil tomiri bo‘lakchalari.

Tayyor bo‘lish vaqti: 50 daqiqa

Miqdori (porsiyasi): 5

Tayyorlanishi:

  1. Chuqur kosaga un, tuz, tuxum, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i va sut solinib, qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir 20 daqiqaga sochiq bilan yopib qo‘yiladi.
  2. Oshqovoqning po‘sti archilib, kichkina bo‘laklarga bo‘linadi. 200 gradus issiqlikda 30 daqiqa toblab pishiriladi.
  3. Zanjabil tomirlari qirgichning kichkina teshiklaridan o‘tkaziladi.
  4. Idishga apelsin shirasi, zanjabil va asal solinadi. O‘rtacha balandlikdagi olovda qayla holatiga kelguncha qaynatiladi va suzgichdan o‘tkaziladi.
  5. Oshqovoq bo‘tqa holiga kelguncha eziladi va tvorog bilan aralashtiriladi. Qaylaning yarmi qo‘shiladi.
  6. Blin xamiri yog‘ qizib turgan tovaga ikki osh qoshiqdan solinadi va har ikkala tomoni 2–3 daqiqadan qovuriladi.
  7. Blinchiklar oshqovoq bo‘tqasi bilan to‘ldiriladi va o‘raladi. Ustiga ortgan qayla quyiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi

soglom.uz/tavsiya/oshqovoqli-blinchik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x