OSETIN TILI — hind-yevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub, asosan Shim. OsetiyaAla-niyada va Jan. Osetiya muxtor viloyatida, shuningdek, Kabarda-Balkariyada tarqalgan til. 500 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy lahjasi bor: adabiy tilga asos boʻlgan iron lahjasi va digor lahjasi. Digor lahjasi Shim. Osetiyaning gʻarbida, iron lahjasi esa Shim. Osetiyaning qolgan hududlarida va Jan. Osetiyada qoʻllanadi.
Osetin tilining oʻziga xos tomoni shundaki, u ham qad. Yevropa tillari, ham Kavkaz tillari bilan uzoq yillar aloqada boʻlgan. Natijada boshqa eroniy tillardan farkli ravishda uning fonetikasida portlovchi boʻgʻiz undoshlari, morfo-logiyasida koʻp kelishikli agglyutina-tiv turlanish paydo boʻlgan.
Yozuvi 18-a. oxiridan mavjud. 1844-y. da akad. A. Shyogren kirillitsa asosida yozuv yaratgan edi. Osetin tili 1923—38 y. larda lotin grafikasidan foydalangan. 1938-y. dan yozuvi rus grafikasi asosida; jan. osetinlar 1938—54 y. larda gruzin yozuvidan foydalanganlar.