ORXUS — Daniyadagi shahar, Yutlandiya ya. o. ning sharqida. Orxus amtining maʼmuriy markazi. Aholisi 217,2 ming kishi (2000). Orxus-Bugt qoʻltigʻidagi port. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t bor. Shahar 10-a. dan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika sobori va cherkov (11 —15-a. lar) saqlangan. «Eski shahar» qismi ochiq osmon ostidagi meʼmoriy muzey hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые