ORUJEYNAYA PALATA

ORUJEYNAYA PALATA (Qurolaslaha palatasi) — Moskva Kremlidagi qad. rus muzeyi. 16-a. da aslahaxona sifatida tashkil qilingan; maxsus qurilgan binoda joylashgan (1844—51, meʼmori K. Ton). 16-a. 2-yarmi —18-a. boshlarida qurol, qimmatbaho taqinchoqpar, saroy roʻzgʻor buyumlari tayyorlash, sotib olish, saqlash markazlari tarzida shakllangan. 1960-y. dan Moskva Kremli Davlat muzeylari tarkibida. Orujeynaya palatada Rossiya, Gʻarbiy Yevropa, Old Osiyodagi bir qator mamlakatlarda 5—20-a. boshlarida yaratilgan amaliy bezak sanʼa-ti namunalari, qurol-aslahalar, oʻyma naqshli, emal. qimmatbaho toshlar va b. bilan bezatilgan oltin va kumush idishlar, taqinchoklar, zar va dur tikib bezatilgan badiiy buyumlar, mato, hokimlik ramzi boʻlgan narsalar, serhasham ot abzallari va b. saqianadi. Orujeynaya palatada Oʻzbekiston hududida tayyorlangan badiiy hunarmandlik asarlari namunalari (baxmal, zandonachi kabi mato; zarbof liboslar, zardoʻzi buyumlar, Buxoro amirining taxti va b.) ham saklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x