ORQATOGʻ — Kunlunning markaziy qismidagi togʻ tizmasi, Xitoy hududida. Uz. 650 km. Eng baland joyi 7723 m (Ulugʻmuztogʻ choʻqqisi, Kunlundagi eng baland choʻqqi). Asosan, granit, gneys va qumtoshlardan tuzilgan. Choʻqqilari yassi, yon bagʻirlari qiya, hamma qis-mida qurum toshlar uchraydi. Toshloq choʻllar, koʻlli botiqlar va vodiylar bor. Togʻ tepalari adabiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Shim. yon bagʻrida oltin konlari topilgan. Tizmani 1884-y. da rus sayyohi N. M. Prjevalskiy tadqiq etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые