OROL CHOʻLI — dunyodagi eng yosh chul. Oʻrta Osiyoda sugʻorishning tez surʼatlarda rivojlanishi munosabati bilan Orol dengiziga quyilayotgan Amudaryo va Sirdaryo suv xdjmining kamayib borishi va tabiiy bugʻlanishning yuqoriligi tufayli Orol dengizining 40 ming km2 dan ziyod qismi quruklikka aylanishi natijasida 20-a. oxirida vujudga kelgan. Quruqlik tipik qum-shoʻrxokli choʻl xususiyatiga ega. Choʻl yer yuzasi Orol dengizining markaziy qismiga nishab tekislik boʻlib, unda, asosan, eol relyef shakllari (doʻng-barxan qumlari, bal. 0,5 — 4m) va shoʻrxoklar tarqalgan. Choʻl delta, dengiz va koʻl sharoitlarida hosil boʻlgan qumshagʻal, qum, qumoq, loylardan tashkil topgan. Subtropik kenglikda joylashgan, iklimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha t-ra 9,6°, yanv. niki —7°, iyulniki 25,7°, yillik yogʻin 88 mm. Grunt suvlarining chuq. 7—10 m, minerallashuvi 30— 80 g/l. Choʻlda, asosan, taqirsimon qoldiq shoʻrxoklar hosil boʻlgan. Oʻsimligi siyrak, eol qum relyefi mavjud yerlarda qora saksovul, cherkez, yulgʻun, shoʻralar, taqirsimon qoldiq shoʻrxokli yerlarda yulgʻun, sarsazan, shoʻralar tarqalgan. Choʻlda uning atrofidagi hududlardan kirib kelgan hayvonlar (asosan, kemiruvchilar) yashaydi. Jan. qismida sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan sulfat tuzlar, tabiiy gaz kabi foydali qazilma konlari ochilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые